– 41-yil – Rim imperatori Kaligulaga qarshi fitna uyushtirilgan, imperator va uning oilasini oʻldirilgan.

– 1848-yil – Jeyms Marshall tashabbusi bilan butun Amerikada oltin izlash (Gold rush) boshlanib ketgan.

– 1919-yil – Y. Sverdlov tomonidan imzolangan Markaziy qoʻmitasining kazaklarga qarshi kurash boʻyicha tashkiliy byurosi tomonidan koʻrsatma chiqarilgan boʻlib, bu bolsheviklarning kazaklar va ularning oilalariga qarshi ommaviy qizil terrorini boshlab bergan.

– 1943-yil – AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston. Cherchillʼ raisligida Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Marokashdagi Kasablanka shahrida konferensiya oʻtkazilgan.

– 1935-yil – AQShning Virjiniya shtatida pivo ilk marotaba konservalangan idishlarda sotila boshlangan.

– 1939-yil – Chilida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 28 000 odam halok boʻlgan.

– 1965-yil – britaniyalik siyosatchi, davlat arbobi Uinston Cherchill vafot etgan.

– 1966-yil – Hindistonning Boeing-707 samolyoti Mont Blanda qulashi oqibatida 117 kishi halok boʻlgan.

– 1984-yil – birinchi Apple Macintosh shaxsiy kompyuterlari ishlab chiqarilgan.