– 1806-yil – Turkiya Rossiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Rossiya Bokuni egallagan.
– 1903-yil – Chikagoda "Irokez" teatrida eng katta yongʻin sodir boʻldi, natijada 600 dan ortiq odam nobud boʻldi va 250 odam jarohatlangan.
– 1915-yil – nemis suvosti kemasi Krit orolining qirgʻoqlarida Britaniyaning "Persia" kemasini oʻqqa tutdi. Kema halokati qurbonlari soni 330–501 kishini tashkil etgan.
– 1922-yil – Sovet Sosialistik Respublikalari Ittifoqi tashkil topgan.
– 1941-yil – Kerch , Feodosiya va Kaluga shaharlari ozod etilgan.
– 1947-yil – Ruminiya qirolligi Ruminiya Xalq Respublikasiga aylangan.
– 1993-yil – Isroil va Vatikan diplomatik aloqalar oʻrnatgan.
– 2011-yil – Samoada vaqt zonasi UTC−10dan UTC+14ga oʻzgarishi sababli 30 dekabrʼ sanasi bekor qilinib, 29 dekabrʼ kuni soat 23:59:59 dan soʻng 31 dekabrga oʻtilgan.
– 2013-yil – Volgogradda trolleybus portlashi sodir boʻlgan.
