– 1675-yil – Gollandiya urushi mobaynidagi Turkxeym jangi boʻlib oʻtdi. Unda fransuz armiyasi marshalʼ Turenne boshchiligida Brandenburg qoʻshinini magʻlub etdi.

– 1728-yil – Gavana universiteti tashkil etildi.

– 1757-yil – Robert-Fransua Damien qirol Lyudovik XVga muvaffaqiyatsiz suiqasd amalga oshirdi. 

– 1762-yil – Pyotr III Rossiya taxtiga keldi.

– 1769-yil – Jeyms Vatt bugʻ dvigateliga patent oldi.

 – 1809-yil – Angliya-Turkiya urushi tugadi va Dardanel shartnomasi imzolandi.

– 1905-yil — Rossiya-Yaponiya urushi paytida Port-Artur qalʼasi taslim boʻldi.

– 1917-yil – Birinchi jahon urushi paytida Shimoliy frontda Mitava operatsiyasi (Rossiya imperatorlik armiyasining soʻnggi harbiy operatsiyasi) boshlandi. Riga tomon yoʻnaltirilgan nemislarni yoʻq qilish rejalashtirilgan edi.

– 1919-yil – Myunxenda Germaniya ishchilar partiyasi tashkil topdi, bir yildan soʻng u Milliy sosialistik Germaniya ishchilar partiyasi sifatida qayta tashkil etildi.

– 1919-yil – Berlinda Spartakchilar qoʻzgʻoloni boshlandi.

– 1939-yil – Germaniyaning Davlat irqiy byurosi karitlarni din va irqiga koʻra yahudiy emas deb tan oldi.

– 1956-yil – Antarktidaga birinchi sovet kompleks ekspedisiyasi uyushtirildi.

– 1968-yil – Praga bahorining boshlanishi. Chexoslovakiyada Aleksandr Dubchek hokimiyat tepasiga keldi.

– 1972-yil – Qoʻshma Shtatlarda qayta foydalaniluvchi kosmik kema transportini yaratish boʻyicha ishlar boshlandi.

– 1977-yil – Moskva-Xelʼsinki guruhi qoshida psixiatriyadan siyosiy maqsadlarda foydalanishni tekshirish boʻyicha komissiya tuzildi.