Dunyodagi eng ajoyib va interaktiv jurnalistika muzeyiga sayohat qilishni istaysizmi? Unday boʻlsa Vashingtondagi, yiliga millionlab sayyohlarni qabul qiluvchi Newseum muzeyiga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz.
Yetti qavatdan iborat ushbu muzey AQSh poytaxtidagi Pesilʼvaniya-avenyuda joylashgan. U dastavval 1997-yilda Arlingtonda ochilgan edi. Biroq 2002-yilda muzey oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Keyinchalik yangi 2008-yilda rasman ishga tushadi.
Muzey tashqi qiyofasi bilan darhol eʼtiboringizni tortadi. Binoning old qismida 45 soʻzdan iborat Amerika fuqarolarining huquqlari va soʻz erkinligini taʼminlaydigan konstitusiyadan misralar keltirilgan.
Bu yerda 16 asrdan boshlab shu kunga qadar jurnalistika deb atalmish qiziqarli sohaning rivojlanish tarixi bilan tanishish mumkin.
Qizigʻi shundaki, muzey davlat tomonidan emas, balki saxovatli shaxslar, korporatsiyalar, tashkilotlar tomonidan xayriya loyihasi sifatida tashkil etilgan.
Yuqori texnologiyali, interaktiv muzeyda 15 teatr, 14 ulkan galereya, 2 zamonaviy efirga uzatish studiyalari, 4-D shaklidagi suratlar mavjud boʻlib, yillar davomida OAV qanday qilib asl haqiqatni ommadan yashirgani, dunyoning boshqa burchagidan sodir boʻlgan hodisa boshqa manzilda qay tariqa yoritilganini koʻrib hayratda qolasiz.
Oʻz muxbirimiz
Navoiy viloyati
