1. Ham tan, ham ruh dam olishi uchun imkon yarating. Kunlik hordiq, uyqu vaqti 8 soatdan kam boʻlmasin.

2. Toʻgʻri ovqatlanishga ahamiyat qarating. Isteʼmoldagi taomlar vitamin va minerallarga hamda antioksidantlarga boy boʻlsin. Asab uchun sutli mahsulotlar va tarkibida aminokislotalar mavjud boʻlgan mahsulotlar ham juda foydalidir. Kun davomida tez-tez va kam-kamdan tamaddi qiling.

3. Baʼzan odamlar arzimas narsalar uchun ham asabiylashadi. Masalan, yoʻldagi tirbandlik, kechikib kelgan avtobus, doʻkondagi uzun navbat, yomon ob-havo, kimningdir qoʻrs muomalasi. Bunday hollarga ahamiyat qaratib, achchiqlanish yaramaydi. Unutmang, kishi koʻngli qanchalik hotirjam boʻlsa, u shunchalik sogʻlomdir!

4. Jismoniy mashqlar, sport, raqs, piyoda yurish va yugurish ham asab tizimi meʼyorida ishlashi uchun juda zarur.

5. Hayoldan kechuvchi oʻy-fikrlar, mulohaza tarzini koʻrib chiqing. Ortiqcha, keraksiz, salbiy narsalar haqida oʻylamaslikka harakat qiling. Koʻproq oila va doʻstlar davrasida suhbat quring, boʻsh vaqtlarni mutolaaga bagʻishlang. Musiqa, tabiatning goʻzal manzaralari yordamida ongingizga ijobiy taʼsir koʻrsating.

6. Chuqur nafas olish mashqini tez-tez bajarishni odat qiling. Bu bilan miya kislorodga toʻyinadi va sokinlashishga yordam beradi. Bu mashq texnikasi juda oddiy: koʻzlarni yumib, 5 soniya sanagan holda burun orqali chuqur nafas oling va 2 soniya nafasni ushlab turing. Soʻngra xuddi shunday ohista 5 soniya ichida nafasni ogʻizdan chiqaring. Bu harakatni 10 marotaba takrorlang. 

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.