Koʻpchilik “ASUS”ni kompyuter va elektronika jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya sifatida biladi. Xoʻsh, uning nomi qanday paydo boʻlgan?
Tayvan davlatiga tegishli boʻlgan bu kompaniya tashkilotchilari avvaliga afsonaviy qanotli ot Pegas (inglizcha — Pegasus) nomini tanlashadi. Lekin, oxirida dastlabki uchta harfni olib tashlab “ASUS” deb nomlashga qaror qilishadi. Buning sababi ular shu orqali oʻz kompaniyasining nomi telefonlar kitobchasining boshida turishini rejalashtirishgan edi.
Azamat PIRNIYAZOV tayyorladi.
