Afrika qabilalaridan birida qiziq odati bor. Qabiladan kimdir yomon ish qilib qoʻysa, uni qishloq markaziga keltirib qoʻyishadi. Aybdorni har tarafdan oʻrab olib, ikki kun davomida uning qilgan barcha yaxshiliklarini eslashadi. Kamiga buning uchun aybdorga minnatdorlik ham bildirishadi.
Ularning fikricha, har bir inson dunyoga yaxshilik qilish uchun keladi. Hamma ham sevgi, baxt, tinchlik va xavfsizlikni xohlaydi. Baʼzida odam bilib-bilmay xatoga qoʻl urishi mumkin. Bunday paytda ularni jamiyatdan ajratib qoʻyish, aybini yuziga solish, jazolash hamma vaqt ham toʻgʻri qaror boʻlavermaydi. Mazkur qabila yiqilganga yordam berish, toʻgʻri yoʻlga tushib olishi va unga aslida kim ekanligini eslatishi uchun shunday yoʻl tutishadi va bu oʻzini oqlaydi. Xato qilgan kishi yaxshi tomonga oʻzgarib, keyingi safar yomon ishga qoʻl urmaydi.
