Maʼlum boʻlishicha, ikki jins uchun moʻljallangan koʻylak oʻrtasidagi farq XIII asrda, yaʼni tugmalarning oʻzi ixtiro qilingan davrdayoq paydo boʻlgan ekan. Tugmalarning joylashuvi hanuz aniq belgilangan, yaʼni erkaklar kiyimi chapdan oʻngga qarab taqiladi. Bu juda qulay, negaki aksariyat insonlar asosan oʻng qoʻlini ishlatadi.
Nega endi ayollar bu ishni teskarisiga bajarishi kerak? Axir ayollar libosida tugmalar boshqa tarafga tikiladi.
Aniqlanishicha, qadimda tugmalar asl metallar va qimmatbaho toshlar kabi narxi baland materiallardan tayyorlangan. Shunga koʻra, bunday liboslarni xizmatkor yordamida kiyinadigan badavlat xonimlargina xarid qilgan. Shu bois tugmalarning joylashuvi kiyim egasi emas, aynan xizmatkorlar uchun moslashtirilgan. Shundan buyon, ayollarning tugmani oʻngdan chapga qarab taqishiga toʻgʻri keladi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
