* Daqiqalar oʻtgan sayin oʻtmishimiz ortib, kelajagimiz ozayib boradi. Shunday ekan, ayni onni qadrlab yasha.
* Agar urinib koʻrsang ikkita natija namoyon boʻladi: bu ish oʻngidan keladi yoki kelmaydi. Lekin agar umuman urinmasang, natija faqat bitta boʻladi.
* Insonning xatti-harakatlari uning xayolidagi oʻy-fikrlarning eng mohir tarjimonidir.
* Kimdandir siringni saqlashini soʻrama, chunki buni oʻzing uddalay olmagansan.
* Hayoting shirin boʻlmasa, boshqalarnikiga ham tuz sepma.
* Agar rejang bir yilga moʻljallangan boʻlsa – guruch ek, agar 10 yil uchun boʻlsa – daraxt koʻchati oʻtqaz, 100 yillik reja roʻyobi uchun esa – avlodlaringni oʻqit.
* Taqillatmasang, eshikni ochishmaydi, harakatga kirishmasang, orzu roʻyobli boʻlmaydi.
* Har kuni tongda uygʻonib, oʻzimiz uchun kayfiyat tanlaymiz: xuddi libos kabi. Siz baxt libosini tanlang. U hech qachon urfdan qolmaydi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
