* Haqiqiy inson boʻlish na din, na taʼlim va na pul ishi emas. Inson boʻlish vijdon ishidir.
* Kimnidir kamsitib, yerga urish faqat pastkash insonlarga xos.
* Hayotda hamma narsaning yakuni bor. Hatto muhabbat, doʻstlik, qiyinchilik va gʻam-anduhning... Faqat bir narsaning yakuni yoʻq – xotiralarning.
* Eski oʻtinlarni yoq, eski tarixiy yodgorliklarni ehtiyot qil, eski kitoblarni oʻqi va eski doʻstlarni qadrla.
* Tilga erk bermaslik – isteʼdod, boshqalarning sirini saqlash esa – sanʼat.
* Baʼzan koʻrish uchun yaqinlashish emas, uzoqlashish kerak.
* Sir ip kabidir, bir uchini boshqasining qoʻliga tutqazsang, kimlarningdir ustida toʻqilgan kiyim koʻrinishiga keladi.
* Sogʻingan qovushish hasrati bilan, qovushgan yoʻqotish qoʻrquvi bilan, yoʻqotgan esa sogʻinch anduhi bilan yashaydi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
