Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, dunyoda har sakkiz kishidan biri ruhiy kasallikdan aziyat chekadi. Bu mamlakatlar va jamiyatlar iqtisodiyoti uchun qimmatga tushadi, ammo muammo shundaki, ularga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Oʻrtacha hisobda mamlakatlar sogʻliqni saqlash uchun ajratilgan barcha xarajatlarning 2% dan kamrogʻini ruhiy salomatlikka ajratadi. Oʻrtacha daromadli mamlakatlarda bunday xarajatlarning 70% dan ortigʻi hali ham psixiatriya shifoxonalariga toʻgʻri keladi. Muammolar orasiga xizmatlar sifati, ruhiy salomatlik savodxonligi, kamsitish kiradi.
***
Tuz ( natriy xlorid) inson tanasi oʻz hayotiy funktsiyalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan asosiy kationlardan biridir. Kundalik norma 10-13 gr. tuz hisoblanadi. Agar tuz miqdorini kamida 4 gr. ga kamaytirsangiz, hayotingizni 6 yilgacha uzaytirasiz.
***
Yozuvchilar orasida mashhurlarning mashhuri nomini bir necha oʻn yillardan beri Agata Kristi egallab turibdi. Adibaning 78 ta asari 44 tilga tarjima qilinib, 2 milliard nusxada sotilgan.
***
Siz toʻgʻri nafas olasizmi? Olimlar sayyorada odamlarning atigi 10 foizi toʻgʻri nafas olishi mumkinligini aniqladilar. Toʻgʻri nafas olish paytida siz nafaqat koʻkrak qafasidan, balki oshqozondan ham foydalanishingiz kerak.
***
Elektr simiga qoʻngan qushlar nega nobud boʻlmaydi?
Simga qoʻngan qushlarning tanasi elektr tarmogʻidek boʻladi, bu tarmoqning qarshiligi ikkinchi tarmoqning qarshiligiga nisbatan juda katta boʻladi. Shuning uchun bu tarmoqdagi (qushlarning tanasidagi) tok juda kam boʻlib, qushga zarar keltirmaydi. Ammo simda turgan qushning qanoti, dumi yoki tumshugʻi tegsa, umuman qanday qilib boʻlmasin, u orqali yerga tok oʻtsa uning gavdasi orqali yerga oʻtib ketgan tok uni koʻz ochib yumguncha nobud qiladi.
Internet maʼlumotlari asosida Gulchehra Buvamirzayeva tayyorladi.
