Bilasizmi? Odamlar qogʻozda bosilgan maʼlumotlarni, uni elektron variantidan koʻra yaxshiroq qabul qiladilar.
Norvegiyalik olimlar kollej talabalarida bir tajriba oʻtkazdilar: baʼzilariga matn bosma harflarda yozilgan varaqlar berildi, qolganlariga esa xuddi shu matnni kompyuter ekranida PDF formatida oʻqish uchun berildi. Maʼlum boʻlishicha, oʻquvchilar qogʻozda bosilgan maʼlumotlarni yaxshiroq oʻzlashtirishgan.
Taraqqiyot yuksalib, raqamli olam kundan-kunga kuchayib borayotgan bir paytda, bosma kitoblar raqamli axborot vositalariga qarshi kurashda yana gʻalaba qozondi.
