Mashhurlar hayotidan

Suratdagi ayolga koʻzingiz tushish bilan boshpanasiz biror daydi yoki tilamchi boʻlsa kerak, degan oʻy xayolingizdan oʻtgan boʻlishi mumin. Hech boʻlmaganda ishdan qaytishda charchab, holsizlikdan oʻtirib qolgan deb oʻylashingiz ham tabiiy...

Bu ayol 2000-2012 yillar Finlandiya prezidenti boʻlgan – Tarya Xalonen xonimdir. Surat olingan payti u hali prezidentlik lavozimida edi. Suratni koʻrib balki uning esi ogʻib qolmaganmikin deya shubhaga borishingiz ham mumkin. Yoʻq, prezident xonim bor yoʻgʻi Finlandiya uysizlarini qoʻllab-quvvatlash aktsiyasida qatnashish uchun atayin shunday kiyinib olgandi.

Xalonen xonim butun Finlandiya xalqi va dunyoga har qanday boy, qudratli amaldorlar ham bir soniyada shunday faqir va himoyaga muhtoj odamga aylanib qolishi mumkinligini eslatib qoʻygandi. Quvonarlisi, ushbu aktsiyadan keyin Finlandiyada uysizlar soni keskin qisqarib ketgandi.