Tan olaylik. U ishtirok etgan jang sahnalarini berilib tomosha qilmagan, unga oʻxshab jasur va dovyurak boʻlishni istamagan bola boʻlmasa kerak.
Butun dunyoni oʻzining betakror jang sanʼati bilan hayratlanishga majbur qilgan afsonaviy aktyor, rejissyor, jang sanʼati ustasi Bryus Li 1940 yil 27 noyabrda Aqshning San-Frantsisko shahrida dunyoga keldi. Bryus Li yoshligidan kinoda suratga tusha boshlagan. Ilk marta 3 oyligida «Qizning tilla eshigi» nomli filmda suratga tushgan. Kattaroq boʻlganida esa Li oʻsmirlarni, yetim va urushqoqlar rolini ijro etgan. 14 yoshida aktyor cha-cha-cha raqsi boʻyicha chempionatda gʻolib boʻlib, undan soʻng kung-fu bilan shugʻullanishga qaror qilgan.
Bryusning ustozi afsonaviy Ip Manning taʼkidlashicha, u juda iqtidorli bola boʻlgan. Ilk rollariga sababchi mana shu jang sanʼatidir.
Li oʻzining karerasi davomida sharq va gʻarb madaniyatini birlashtirgan.
Kino tarixiga kung-fu jangari filmlari orqali kirib kelgan. Oxirgi filmi «Oʻlim oʻyini» boʻlib, unda Li stsenariy muallifi hamdir.
Aktyor 1973 yilning 20 iyulida «Oʻlim oʻyini» filmini suratga olish jarayonida vafot etgan.
Bryus Lining «Doim maqsadga intiling. Oʻzingiz xohlagan narsaga eʼtiboringizni qarating va istamagan narsalar haqida oʻylamang» singari koʻplab hikmatli soʻzlari bugun ham muxlislari orqali tildan tilga oʻtib kelmoqda.
Sherzod ABDUSAMADOV tayyorladi.
