Xalq bisotidan
Bir kishining vafodor iti boʻlgan ekan. U oʻz sohibining uyi va yaqinlarini sadoqat bilan qoʻriqlardi. Oradan ancha yillar oʻtib, it qarib qolibdi. Xonadon sohibi esa «Uni behuda boqib nima qilaman», – deb, koʻlga choʻktirib yuborishga qaror qilibdi.
Erkak itni qayiqqa oʻtqazib, uning boʻyniga tosh bogʻlabdi va koʻl oʻrtasiga yoʻnalibdi. Bu vaqt ichida jonivor egasini kuzatib turar, uning yuz-koʻziga boqib, nimalar boʻlayotganini juda yaxshi anglardi.
Eshkak eshishni toʻxtatgan kishi itni tosh bilan asta koʻtarib, koʻlga otibdi. Siltangan keskin harakatdan qayiq chayqalib, odamning oʻzi ham suvga tushib ketibdi va choʻka boshlabdi.
Tosh bogʻlangan ip boʻynidan sirpalib chiqib ketgan jonivor esa jon holatda egasini qutqarishga oshiqib, uni amallab qirgʻoqqa sudrab chiqibdi.
Qoʻrquvdan dahshatga tushgan kishi arang oʻziga kelib, qilgan ishidan uyalibdi. Sadoqatli doʻstini qattiq bagʻriga bosib, undan uzr soʻrabdi. Soʻngra ikkovlon uy tomon yoʻl olishibdi. Erkak itining soʻnggi kunigacha undan ayrilmay, mehr bilan boqibdi.
Yaxshilik oʻrniga yomonlik qilma, yomonlik oʻrniga ezgulikni maʼqul koʻr!
Rus tilidan Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.
