Yangi yil bayrami nishonlanayotgan kunlarda huquq-tartibot organlari xodimlaridan har qachongidan koʻra hushyorlik bilan xizmt olib borish talab etiladi. Chunki bayramona muhit va kayfiyat odamlarni boʻshashtirib, hushyorligidan ayiradi, shuning uchun ham ular jinoyatchilarning har qanday hiyla-nayranglariga osonlikcha chuv tushishi mumkin. Bu esa, jinoyatchilik holatlari har qachongidan ham koʻpayib ketishiga sabab boʻladi.


Jinoyatchilar oʻzlarini koʻpincha Qorbobo va Qorqiz kiyimlari ostiga yashirishadi. Vaholanki, kostyumlar nafaqat tashqi koʻrinishini yashirish va taqibdan qochish, balki ustamonlarning yangiliklar sarlavhalarida paydo boʻlishlariga ham yordam beradi. Quyida aynan Yangi yil bayrami paytida sodir etilgan ana shunay jinoyatlarga koʻz yugurtiramiz.

Omadsiz qaroqchi 

2010 yilda Qorbobo libosini kiygan odam Novosibirskdagi qurilish materiallari doʻkoniga bostirib kirgan va avtomat oʻqtalib, sotuvchilarga kassalardagi barcha pullarni berishni buyurgan. Shunday qilib, u taxminan 5,5 million rublni qoʻlga kiritgan. U ketganidan keyin ayollar darhol milisiyani chaqirgan. Afsuski, Yangi yil mimikasi tajovuzkorga yordam bermagan: u qochib ketayotganida 800 ming rublʼni tushirib qoldirgan va milisiya xodimlari tomonidan tezda ushlangan.


Qorbobolar toʻdasi

2011 yil Novosibirskda «Qorbobolar» niqobi ostidagi qurollangan qaroqchilar toʻdasi lombardga bostirib kirgan. Miltiqdan bir necha marta ogohlantiruvchi oʻq otgan jinoyatchilar umumiy qiymati 5 million rublʼ boʻlgan oltinni tortib olishgan. Soxta qorbobolar oʻljalarini oʻzlarining sovgʻa sumkalariga solib, voqea joyidan qochib ketishgan. Qaroqchilik juda tez – atigi 47 soniya ichida sodir etilgan. Kuzatuv kameralari yozuvlari mavjudligiga qaramay, bosqinchilar hech qachon topilmagan, chunki ustlariga kiyib olgan ajoyib kostyumlari ular uchun ideal niqobga aylangan edi.


 Kichkina sabab 


 Volshebnie avtomati na slujbe Deda Moroza i Snegurochki - YouTube


2012 yilda Rostov viloyatida Ust-Donesk qishlogʻida yashovchi 20 yoshli yigit va qiz hibsga olingan. Ular Qorbobo va Qorqiz kabi kiyinib olib, koʻchada aylanib yurgan oʻspirinlarni talon-taroj qilishga qaror qilishgan. Bolalardan olingan summa atigi 850 rublʼ boʻlsa ham bu pul omadsiz qaroqchilarga munosib jazo berilishi uchun yetarli boʻlgan.


Baliq va sigaret

2016 yilda Xabarovsk chekkasidagi Gorʼkiy qishlogʻida ham shunday «qorbobocha» talon-tarojlik yuz bergan. Qorbobo boshqa sheriklari bilan birga oziq-ovqat omboriga oʻgʻirlikka tushib, u yerdan 20 ga yaqin muzlatilgan lososʼ baliqlarini oʻgʻirlab ketgan. Qorbobo libosini kiyib olgan toʻda yetakchisi keyin qorovulning eshigini taqillatib sigareta soʻragan. «Sehrgar Qorbobo» eʼtiborni chalgʻitib turganida uning yordamchilari shoʻrlik qorovulning boshiga urib, baliqni olib, qochib ketishgan. Voqea joyida jabrlangan qorovuldan boshqa guvohlar boʻlmagan va omborda videokuzatuv vositalari oʻrnatilmagan edi. Shu sababli bu jinoyat jazosiz qolgan.


 Muvaffaqiyatsiz kechgan reyd 


2016 yilda Sankt-Peterburgning 26 yoshli fuqarosi oʻzini Qorbobo sifatida koʻrsatib, Zaxarevskaya koʻchasidagi maishiy xizmat doʻkonlaridan biriga kirgan va sotuvchini pnevmatik toʻpponcha bilan qoʻrqitib, savdodan tushgan daromadni talab qilgan. Kassada atigi 6300 rublʼ bor boʻlsa-da, bu pul qaroqchi uchun yetarli edi. Muvaffaqiyatidan ilhomlanib, bir soatdan keyin u Sankt-Peterburgning boshqa koʻchalarida ham paydo boʻlgan va oʻsha hiylasini takrorlagan. Ammo kutilmaganda omad uni tark etgan: hushyor fuqarolar jinoyatchini toʻxtatib, tezda polisiyaga topshirishgan.