– Maʼlumotlarga qaraganda, 2003 yili sport turlari qatoriga yana bir sport yaʼni, “Shaxboks” kiritilib, u oʻzida shaxmat va boksni birlashtirgan.
– Inson umri davomida 100 ming kilometr piyoda yuradi.
– Barcha qushlar pastki jagʻi bilan harakat qilsa, faqatgina boyoʻgʻli yuqori jagʻini qimirlatadi.
– Yevropadagi eng koʻp shamol Shodlandiyada esadi. Bu yerdagi shamollar butun qitʼa shamoli energiyasining 25 foizini tashkil qiladi.
– Yer yuzidagi eng katta quduq Iordaniya mamlakatida joylashgan boʻlib, u soatiga 9 ming kubometr obihayot inʼom etadi.
– Uylarni raqamlash birinchi marta XVIII asrda Londonda paydo boʻlgan. Ungacha esa, xonadon egasining nomi bilan atalgan.
– Eman daraxti ming yilgacha yashaydi. Umrining 80 yili yuqoriga, qolgan qismida esa, pastga qarab oʻsadi.
– Janubiy Afrika Respublikasida dunyo oltinining uchdan ikki qismi qazib olinadi.
“Postda” muxbiri Mixli SAFAROV tayyorladi.
