Hozirda qonuniy asosda axborot xavfsizligi bilan shugʻullanadigan, Aqshda istiqomat qiluvchi Kevin Mitnikning bir paytlar xakerlik bilan shugʻullanganligini, shu qilmishi uchun qamalib chiqqanligini koʻpchilik bilavermaydi.

Gap shundaki, Kevin Mitnik 16 yoshida kompyuter bilan tanishgach, unga juda bogʻlanib qoladi. Uni mukammal oʻrganib olgach, Pentagon va Kolorado shtati havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tarmoqlarini buzib kiradi.

Lekin uning noqonuniy faoliyati tezda oshkor boʻldi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, ishi sudga oshirildi. Sud unga besh yillik qamoq jazosi tayinlaydi. U jazoni oʻtab, ozodlikka chiqqach, oʻzini besh yilga qamaganlardan antiqa usulda oʻch oldi. Yaʼni Kevin yana “hunarini ishga solib”, oʻzining qamalib chiqqanligi haqidagi maʼlumotlarni davlat roʻyxatidan oʻchirib tashladi. Bu ham kamlik qilgandek, oʻziga hukm oʻqigan sudyaning hisobidan barcha pulini yechib olgan.