Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi "EXPO 2020 Dubai" butunjahon koʻrgazmasida ishtirok etayotgan Oʻzbekistonning Milliy paviloni madaniy dasturlarining rasmiy hamkori hisoblanadi. “EXPO 2020 Dubai” koʻrgazmasining 6 oylik faoliyati davomida Jamgʻarma tomonidan bir qator muhim madaniy tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan.
Dubaydagi "Expo-2020" butunjahon koʻrgazmasida soʻnggi yillarda mamlakatimizning ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, shuningdek, yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish rejasi, mamlakatning investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatchilikka namoyish etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining Milliy pavilyoni oʻz ishini amalga oshirmoqda.
Dubaydagi Butunjahon koʻrgazmasi faoliyati davomida Jamgʻarma Oʻzbekiston Milliy pavilyoni bilan hamkorlikda mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.
“Expo 2020 Dubai” jahon koʻrgazmasi 2022-yilning 31-martigacha boʻlgan davrda butun dunyo boʻylab 25 millionga yaqin mehmonlarni qabul qilishi rejalashtirilgan.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva:
"Bugun Oʻzbekiston dunyoga ochiq, ijobiy tajriba orttirishga tayyor hamda oʻz tajribasi bilan mamnuniyat ila oʻrtoqlashar ekan, yurtimizning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda samarali targʻib etish uchun yangi poydevor qoʻymoqdamiz. 2022-yilda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30-yilligini nishonlaymiz. Bu, bizni bir-birimizga ishonish, yangi yutuqlarga ilhomlantirish, turli darajalarda va sohalarda oʻzaro muloqot qilishni oʻrgatgan uch samarali oʻn yilliklar edi. Shuning uchun, Oʻzbekistonni “EXPO-2020 Dubai” jahon koʻrgazmasida ishtirok etishi — bu Birlashgan Arab Amirliklari-tashkilotchi mamlakat va boshqa ishtirokchi mamlakatlar bilan yuqori darajadagi muloqotga qoʻshimcha surʼat baxsh etadigan muhim voqeadir".
Mona Ganem Al Marri, Dubay hukumati matbuot boʻlimi Bosh direktori, Birlashgan Arab Amirliklari gender balansi Kengashi Vitse-prezidenti:
Butunjahon boʻylab “Expo 2020 Dubai” koʻrgazmasida 191 ta mamlakatlarning ishtiroki, zamonamizning eng muhim yutuqlarini namoyish qiluvchi hamda turli sohalardagi kashfiyotlarni birlashtiradigan haqiqiy global maydondir. Ushbu jahon koʻrgazmasi Birlashgan Arab Amirliklarining oltin yubileyini nishonlash yilida oʻtkazilayotgani, mamlakatimizning milliy yutuqlarini, shuningdek, keyingi 50 yil va undan keyingi davrlarga moʻljallangan rejalari haqida ramziy maʼnoga ega. Yurtimiz oltin yubileyini nishonlash butun jahon bilan birgalikda amalga oshirilayotgani, albatta, bizni kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi, chunki bizda kelajakni shakllantirish uchun tasavvur va imkoniyatlar mavjud. Biz Oʻzbekistonni mehmon sifatida qutlaymiz va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi — ayniqsa, uning Dubaydagi tashabbuslari ishiga yuksak baho beramiz. Ushbu dastur va Pavilion mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni bir necha ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha mustahkamlamoqda va BAA va Oʻzbekiston rahbariyati hamda xalqlari oʻrtasidagi hamjihatlikni aks ettiradi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori Gayane Umerova:
"Bu safargi "Expo 2020" jahon koʻrgazmasi ilk marotaba Yaqin Sharqda boʻlib oʻtmoqda va “EXPO 2020 Dubai”da Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining ishtiroki, Oʻzbekistonning bebaho merosini, mamlakatimiz va Arab dunyosi oʻrtasidagi boy madaniy aloqalarni, asrlar davomida shakllangan Islom sivilizatsiyasi haqida butun dunyoga soʻz yuritishning noyob imkoniyatidir. Ushbu madaniy qatlamni asos qilib olgan holda, Oʻzbekistonni insoniyat manfaati uchun kelajakni yaratish, umumiy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradigan ilgʻor fikrlash va ijodiy salohiyatga ega mamlakat sifatida yangicha tarzda taqdim etish biz uchun ham muhimdir".
2021-yilning 27-noyabr: “Dubai Opera” sahnasida "Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi" baletining xalqaro taqdimoti
Xalqaro auditoriyaga oʻzbek xalqining asl anʼanalarini namoyish etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etiladi. "Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi" baletining sahnalashtirilishi Oʻzbekiston baletini yangi bosqichga olib chiqdi va ilk bor dunyo boʻylab sayohatini boshlaydi. Birinchi marta Oʻzbekistonning eng mashhur raqslaridan biri, madaniy meros va tarixi “Dubai Opera” koʻp formatli Sanʼat Markazi sahnasida namoyish etiladi.
Uch ming yillik tarixga ega boʻlgan "Lazgi" raqsi sir va afsonalar bilan oʻralgan, qadimiy xalq donoligini ifodalaydi va uning nomi "Ruh va Sevgi" degan maʼnolarni anglatadi.
Xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri balet truppasi ijro etgan spektaklning ilk taqdimoti joriy yilning 5-sentabr kuni Toshkentda, YUNESKO homiyligida boʻlib oʻtdi hamda professional hamjamiyatning yuksak eʼtirofi va bahosiga sazovor boʻldi.
2019-yilning 12-dekabr kuni YUNESKO ning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi "Xorazm raqsi-Lazgi"ni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi vakillik roʻyxatiga kiritdi.
2021-yilning 29-noyabr kuni: “EXPO 2020 Dubai” butunjahon koʻrgazmasi Ayollar pavilonida Oʻzbekiston Respublikasining "Jamiyat ijtimoiy hayotini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning oʻrni" mavzusidagi sessiyasi
“EXPO 2020” koʻgazmasida Cartier Womenʼs Initiative bilan hamkorlikda maxsus Ayollar paviloni ochildi. Ushbu pavilion ayollar va ularning global masalalardagi oʻrniga bagʻishlangan. Ayollar pavilioni – tajriba almashish va gender tengligini oʻrnatish uchun ishlangan strategiyalarni ilgari surish uchun xalqaro maydonchadir. Birlashgan Arab Amirliklari gender balansi Kengashi raisi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum – bosh vazir oʻrinbosari va prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayanning rafiqasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Ayollar pavilioni – bu jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi konstruktiv muloqotlarni oʻtkazish va rivojlantirish boʻyicha jahon etakchilari va mutahassislarni uchrashtiradigan maydondir. Ushbu pavilion “Expo 2020”ning gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqligini tasdiqlaydigan ijodiy kontent va dasturlarni taqdim etadi. Shuningdek, pavilonda insoniyat tarixida va bugungi kunda ayollarning ahamiyatiga bagʻishlangan "Yangi istiqbollar" koʻrgazmasi namoyish etilmoqda.
Pavilonning asosiy maqsadi - ayollarning gullab-yashnaganda butun insoniyat ham gullab-yashnashini koʻrsatishdir.
29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi ayollar paviloni dasturi doirasida "Jamiyatning ijtimoiy hayotini modernizatsiyalashda ayollarning oʻrni" mavzusida muhokama qiladi. Shuningdek, keyingi oylarda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan "Madaniyat sohasida xotin-qizlarning oʻrni" mavzusiga bagʻishlangan sessiya tashkil etiladi.
2021-yilning 30-noyabr: “Jubilee Park EXPO 2020” sahnasida pianino ijrochisi Behzod Abduraimovning konsert dasturi
Pianino ijrochisi jamoatchilik eʼtiboriga List, Betxoven, Shopen, Mussorgskiy, Prokofyev va Chaykovskiylarning mashhur klassik asarlarini taqdim etadi.
Londondagi xalqaro pianinochilar tanlovi gʻolibi Behzod Abduraimov, V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa litseyida va Kansas-Siti shahridagi “Park” universiteti qoshidagi xalqaro musiqa markazida tahsil olgan.
Abduraimov soʻnggi mavsumlarda London, Los-Anjeles va Myunxen filarmoniya orkestrlari, London simfonik orkestri, NHK simfonik orkestri (Yaponiya), Konsertgebau Qirollik orkestri, BBC Shotlandiya simfonik orkestri, Oslo filarmoniya orkestri bilan konsert dasturlarida ishtirok etgan. Pianinochi konsert dasturlari AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida zallarni toʻliq toʻplaydi.
2021-yilning 19-21 dekabr kunlari: Al Burda festivali
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi “EXPO 2020” doirasida 19-21 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan "Al Burda" festivalida ishtirok etadi hamda Oʻzbekiston xalq musiqali ijodiyoti, yurtimiz filmlarini namoyish etadi, shuningdek, "Shahar hayoti: Islom makonini oʻzgartirish" mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etadi.
"Al Burda" - Birlashgan Arab Amirliklarining madaniyat va taraqqiyot vazirligi homiyligida ishlaydigan koʻp tarmoqli platformadir. Bu ijodiy rahbarlar, olimlar, rassomlar va jamoa aʼzolari uchun hamkorlik qilish, fikr almashish va Islom sanʼati va madaniyati gʻoyalarini birgalikda yaratish uchun global makondir. Festivalning maqsadi – yosh avlodlarni oʻz madaniy boyliklarini yanada chuqurroq oʻrganishlarini hamda jamiyatda Islom madaniyatining oʻrnini mustahkamlashdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekistonda madaniyat, sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa, arxitektura va xoreografiyani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni boshlab beradi. Xalqaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyadi va mamlakatning madaniy salohiyatini jahon miqyosida ilgari suradi. Jamgʻarmaning uzoq muddatli dasturlari orasida mamlakat madaniy muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylarni yangilash, homiylikni rivojlantirish va muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy institutlar uchun kadrlar salohiyatini shakllantirishga koʻmaklashish kiradi.
Expo jahon koʻrgazmasi haqida
Eng zamonaviy texnologiyalarni koʻrish va yangi dunyo qadriyatlarini oʻrganish uchun moʻljallangan "Expo" 1851 yilda Londonda tashkil etilganidan beri, doimiy ravishda yetuk meʼmoriy asarlarni namoyish etib keladi, pavilonlar esa, koʻrgazmaning asosiy eksponatlariga aylanadi. Oʻzbekiston pavilonining gʻoyasi, tarixda ilk bor Yaqin Sharq hududida boʻlib oʻtayotgan “Expo 2020 Dubai”ning "Aql-idrokni birlashtirib, kelajakni yaratamiz" nomli asosiy mavzusi bilan aks etadi. 191 ta mamlakatlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish va ularning bir xil maydondagi uchrashuvi “EXPO 2020” ga savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish uchun global platforma nomini, shuningdek, innovatsiya, ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar boʻyicha hamkorlikni talab qilish imkonini beradi.
"Expo" jahon koʻrgazmasi har 5 yilda oʻtkaziladi va dunyodagi eng qadimgi va eng yirik tadbirlardan biridir. Tadbir oʻzining 170 yillik tarixi davomida ixtiro va texnologiyalarni namoyish etuvchi vitrinaga aylandi. 1873 yilda Vena shahrida boʻlib oʻtgan jahon koʻrgazmasida texnik va sanoat yangiliklaridan tashqari, bir qator badiiy mahsulotlar namoyish etildi. Oʻshandan beri madaniyat va sanʼat butun dunyo boʻylab "Expo" dasturining ajralmas hamkorlariga aylandi.
Matbuot uchun aloqalar:
Rasmiy sayt: www.acdf.uz
Instagram: https://instagram.com/acdfuz
Facebook: https://www.facebook.com/acdfuz
Telegram: https://t.me/acdfuz
Email: info@acdf.uz
Ijtimoiy tarmoqlar uchun tavsiya etilgan heshtag va belgilar:
Instagram @acdfuz
#Uzbekistan #Expo2020Uz #expouzbekistan #Expo2020Uzbekistan #acdf #uzculture #CultureUzbekistan
