Bu voqea 1957-yili yuz bergan. Nyu-Yorkning Kuins tumanidagi La Guardiya aeroportidan uchgan yoʻlovchi tashuvchi samolyot oʻsha paytlardagi eng yirik qamoqxona joylashgan Raykers oroliga qulab tushdi. Samolyot bortida 95 nafar yoʻlovchi va 6 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan.
Halokatga guvoh boʻlgan qamoqxona xodimlari hamda 57 nafar mahbus shu zahotiyoq yordamga oshiqib, samolyot parchalari ostidan odamlarni olib chiqishga va birinchi yordam koʻrsatishga kirishishdi. Ular qutqaruvchilar yetib kelgunga qadar aksariyat yoʻlovchilarning jonini saqlab qolishga muvaffaq boʻlishdi.
Keyinchalik qutqaruv ishiga munosib hissa qoʻshgan mahbuslarning oʻttiz nafari muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi, qolganlarining jazo muddati qisqartirildi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
