Dunyo boʻyicha har 100 nafar oʻlgan kishining 2 nafari qarilik, qolgan 98 nafari esa turli tasodiflar oqibatida bevaqt halok boʻladi.

* * *

         Misrda qaynatilgan karam tansiq taom sifatida ziyofat soʻngida dasturxonga tortiladi.

* * *

         Koʻrsichqon yer ostidagi inida yotgan holda yer ustidagi tovushni eshitadi va yangi yoʻl ochib, oʻljaga tashlanadi.

* * *

         Har xil jonivorlarda rangni farqlash turlicha kechadi. Masalan, mushuk olti, ot toʻrt xil rangni farqlaydi.

* * *

         Akvarium baliqlari kamalak hosil qilinganda faqat sariq va yashil rangga intilishadi.

* * *

         Odam 1 minutda oʻrtacha 25 martagacha koʻzini qisadi va bunda har gal koʻz sekundning ikki ulushigacha yumuq turadi.

* * *

         Qadimgi sakslarda kelin rozi boʻlsa, sovchilikka kelgan kuyovni lavlagidan tayyorlangan kisel bilan siylashgan.

* * *

         Dunyodagi eng baland boʻyli oʻsimlik – Kaliforniya sekvoyasining boʻyi 112,7 metrga teng.

* * *

         Oʻn daqiqa ichida ichilgan 1 litr aroq umumiy narkoz olganning kuchini beradi.

* * *

         Choʻpon har bir xivchin urganidagi tezligi soatiga 1100 kilometrni tashkil etadi.

* * *

         Kishi bir qadam tashlaganida tanasining 54 ta mushagi harakatga keladi.

         M.AHADOV tayyorladi.