* Inson boshqalarning mingta xatosini topgandan koʻra, oʻzining bitta kamchiligini anglagani muhimroq.
* Dunyoda seni tubga tortuvchi va yuqoriga chiqaruvchi birgina inson bor, u ham boʻlsa – oʻzing.
* Inson yoʻl qoʻyadigan yagona xato: hayotining uchdan bir qismini «hali hammasi oldinda» deya kechirmoqdir.
* Kelajak unga ishongan, mashaqqatli hayot yoʻli orqali baʼzan qoqilib, baʼzan yiqilib u tomon borgan, lekin shunda ham ezgulikka ishonchini va odamlarga yaxshilik qilish istagini yoʻqotmagan kishilarga baxt olib keladi.
* Hayotimiz – bir sayohat, gʻoya esa – yoʻlboshchi. Yoʻlboshchi yoʻq boʻlsa, hamma narsa toʻxtaydi, maqsad ham havoga uchadi.
* Odamni boshqarish mumkin boʻlgan ikki kalit bor: qoʻrquv va shaxsiy manfaat.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
