Kulgi bekati
Bir bolakay onasidan soʻradi:
– Oyijon, Tinch okeani har doim tinch turadimi?
– Boshqa aqlliroq savoling yoʻqmi, oʻgʻlim? – jahli chiqdi ayolning.
– Bor. Ayting-chi, Oʻlik dengiz qanday oʻlgan?
***
Bir yigit uchrashuvga chiqibdi. Qahvaxonada hisobni toʻlab qaytib kelsa, qiz yoʻqmish! Stol ustidagi choynakka «biz birga boʻla olmaymiz, hammasi tugadi» deb yozib ketibdi. Yigit shoshib choynakni ochsa, choy toʻla ekan. U mamnun kayfiyatda debdi:
– Voy yaramas hazilkash-ye! Hammasi tugadi emish, mana toʻla turibdi-ku.
***
Ona toʻpolon qilgan kichik qizini burchakka turgʻazib qoʻyibdi. Bir muddat jim turgan qizaloq axiyri ogʻir xoʻrsinib debdi:
– Qoʻyib yuboraqoling endi, axir, tashqarida hayot oʻtib ketyapti.
