– Siz bu haqda nima deb oʻylaysiz, qani, javob berishga urinib koʻring-chi? – debdi.
– Yomon emas, – tabassum qilibdi qariya. – Lekin keksaygan chogʻingda «umrim behuda oʻtmadi» deyish uchun shuning oʻzi yetarlimi?
– Menimcha, asrlar davomida xotira sifatida saqlanadigan nimanidir oʻzingdan keyin qoldirib ketishda. Misol uchun, xuddi siz kabi, ustoz!
– Oʻ-oʻ, – kulibdi ustoz, – agar seni yaxshi tanimaganimda, buni tilyogʻlamalik deb qabul qilardim. Seningcha, aksariyat insonlar behuda umr kechiradimi?
Shu tariqa yoshlar birin-ketin oʻz taxminlarini bildirishibdi. Bahs-munozara avjiga chiqibdi. Shunda kimdir:
– Balki, oʻsha mohiyatning oʻzini izlashning keragi yoʻqdir, – debdi.
– Xoʻsh-xoʻsh, – qiziqish bildiribdi qariya. – Nega bunday fikrdasan, tushuntirib ber-chi!
– Menimcha, bu savolni berib, birinchidan, unga aniq va tamomiy javobni baribir topa olmaymiz, doim ikkilanib, taxmin qilishimiz aniq, ikkinchidan, qanday javob topilmasin, bunga qarshi bahslashadigan kimdir topiladi... Shu tariqa mohiyatini izlab, hayotning oʻzini oʻtkazib yuborish mumkin.
– Demakki, hayotning mohiyati nimada ekan? – koʻzlari porlab soʻrabdi ustoz.
– Yashashda.
– Toʻgʻri javob aynan shu! Vaqtni foydasiz urinish va bahslarga sarflamay, hayotning har bir lahzasidan bahra olish uning asl mohiyatidir.
Rus tilidan Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.
