Odam tanasining muhim qismi boʻlgan bosh miya – markaziy nerv tizimi organi hisoblanib, u bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan asab hujayralari va tolalaridan tashkil topgan.
Yaxshisi, quyida keltirilgan ushbu organ toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishishni maqsadga muvofiq deb bildik:
– Inson uygʻongach, uning miyasi uncha katta boʻlmagan lampochka ishlashi uchun yetarli boʻladigan energiyani ishlab chiqaradi.
– Har safar biror nimani eslab qolganingizda, miyada yangi neyron aloqalari paydo boʻladi.
– Inson miyasi 50 yoshgacha shakllanadi.
– Spirtli ichimliklar tufayli miya vaqtinchalik eslab qolish qobiliyatini yoʻqotadi.
– Bosh miyaning faqatgina oʻng yoki chap taraf qismi ishlashi haqidagi gaplarning barchasi uydirma boʻlib, aslida ular oʻzaro maʼlumot almashgan holda ishlaydi.
– Oiladagi shafqatsizlik bolaning miyasiga juda qattiq salbiy taʼsir koʻrsatadi.
– Uyali aloqa vositalarida uzoq vaqt suhbatlashish, bosh miyada oʻsimta paydo boʻlish xavfini kuchaytiradi.
– Yosh bolalar miyasi organizmidagi glyukozaning 50 foizini sarf qiladi, shu sababli, ularga koʻp uyqu zarur.
– Meʼyoridan kam uxlash miya faoliyatiga, yaʼni reaksiyalar sekinlashuviga va mulohaza yuritish yomonlashuviga olib keladi.
– Miya tanadagi barcha kislorod va qonning 20 foizini sarflaydi.
– Miyaning yarmi jarrohlik yoʻli bilan xotiraga taʼsir qilmagan holda olib tashlanishi mumkin.
– 2015-yilda quvvati boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turuvchi superkompʼyuterga inson miyasining bir soniyalik faolligini koʻrsatish uchun 40 daqiqa kerak boʻladi.
– Amerikalik ixtirochi Reymond Kursveylning fikriga koʻra, 2023-yilda shaxsiy kompʼyuterlar inson miyasi quvvatini hisoblash darajasiga yetadi.
– Inson miyasi 100 milliard neyronlardan va trillion hujayralaridan tashkil topgan.
– Unutish miya uchun foydali boʻlib, keraksiz maʼlumotlarni undan oʻchirib yuborish, miya egiluvchanligini saqlab qoladi.
– Olimlarning fikricha, parhez qilish, miya “oʻzini oʻzi” yeyishiga olib kelishi mumkin.
“Postda” muxbiri Mixli SAFAROV tayyorladi.
