Isteʼmoldagi neʼmatlar tabiiy boʻlsin

Mana jazirama yoz kunlari ham boshlandi. Bu davrda inson nafaqat oftob urishidan himoyalanishi, balki dasturxonidagi mahsulotlar salomatlik uchun foydali boʻlishiga ham ahamiyat qaratishi lozim. Kunlik isteʼmolda sarxil meva-sabzavotlar, koʻkatlar, mineral suv yoki tabiiy sharbatlar boʻlishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, yoz oylarida doʻkondan xarid qilinayotgan narsalarning amal qilish muddati va saqlanish sharoitlariga eʼtibor qaratish, yarim tayyor mahsulotlar va gazli ichimliklar isteʼmolini imkon qadar cheklash kerak.Afsuski, bugungi kunda biz tanovul qilayotgan oziq-ovqatlarning hammasi ham tabiiy emas va shu bois ular organizmga yetarlicha zarar keltirishi mumkin. Baʼzan dasturxonimizdan oʻrin egallaydigan kolbasa va konserva mahsulotlari ham bundan mustasno emas. Ular yuqori miqdordagi tuz, konservantlar, sirka kislotasi, shakar, taʼm beruvchi va quyuqlashtiruvchi qoʻshimchalar, YE kodli moddalar evaziga shirin maza va yoqimli hidga ega boʻladi. Bularning bari, oʻz oʻrnida, yurak va onkologik kasalliklarining yuzaga kelishi, diabet xastaligining rivojlanishi, allergiya paydo boʻlishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati hamda modda almashinuvining buzilishiga xizmat qiladi.Shu sababdan oila aʼzolarining salomatligini saqlash uchun ushbu mahsulotlarni uy sharoitida, tarkibini bilib-koʻrib tayyorlash va isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir.Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
Davom etib o'qing