Ona tabiat goʻzalligini hayvon va qushlarsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Zero, ular va borliq tabiatning himoya va mehrga muhtoj bir qismidir. Shu boisdan hayvonlarni asrash har doim dunyo mamlakatlarining oldida turgan dorlzarb vazifalardan boʻlib kelgan.
«Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni» 1931 yilning shu kuni Florentsiya shahrida (Italiya) Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan taʼsis etilgan. Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yoʻqolib bormoqda. Soʻnggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi ham 30 foizga qisqargan.
XIX asr davomida butun dunyoda 150 turdagi sut emizuvchi (asosan katta) va 139 ta qush qirilib ketdi. Afsuskm, bu raqamlar soʻnggisi emas. Bugungi kunda hayvonot olamining koʻplab turlari butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida. Shu bois, dunyoning koʻplab mamlakatlarida shu kuni hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targʻibot aktsiyalari, ommaviy tadbirlar oʻtkazib kelinadi.
Ovchilar bir kun boʻlsa-da hayvon va qushlarni oʻldirmang. Baliqlarni ovlamang! Siz ham shu kunga oʻz hissangizni qoʻshing, farzandlaringizga hayvon va qushlarga nisbatan mehrli boʻlishni oʻrgating.
Sherzod Abdusamadov tayyorladi.
