Iyul oyida Yerni bir nechta magnit boʻronlari qoplashi kutilmoqda. Bu haqda sunʼiy yoʻldosh tizimlari va dunyo boʻylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari maʼlumotlaridan foydalangan holda, onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, iyul oyi boshida kuzatiladigan magnit boʻroni nisbatan kuchsiz boʻladi. Faollashuv 12 iyulda kuchayadi, sababi K-indeksida 5 balli magnit boʻroni kuzatilishi kutilmoqda, 19-iyulga qadar faollashuv 3 va 4 darajada saqlanib qoladi.

Geomagnit boʻronlarining darajasi:

0–1 — geomagnit toʻlqinlar yoʻq;

2–3 — geomagnit maydon mavjud;

4–5 — geomagnit boʻroni;

6–7 — kuchli geomagnit boʻroni;

8–9 — ekstremal geomagnit boʻroni.

Magnit boʻronlari hatto oʻrta kuchga ega boʻlsa ham, inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Magnit boʻronining salbiy taʼsirining eng keng tarqalgan koʻrinishlari quyidagilar:

bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi;

uyqu buzilishi;

diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar;

qon bosimning buzilishi;

surunkali kasalliklarning kuchayishi;

ogʻriqlar, shuningdek, boʻgʻimlardagi ogʻriq;

ishtaha buzilishi va koʻngil aynishi;

holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Rasiondan yogʻli va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, oʻsimliklardan tayyorlangan choy isteʼmol qilish kerak. Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit boʻroni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qoʻshadi.

Internet maʼlumotlari asosida tayyorlandi.