Bugun faol qoʻllanadigan va mashhur iboralar bir vaqtlar kimningdir ismi yoki familiyasi boʻlganini bilasizmi?

1. Xuligan (bezori) — asli kelib chiqishi Irlandiyadan boʻlgan feʼli tez, toʻpolonchi oilaning familiyasi. Bu oilaning eng taniqli vakili Partik Xuliganning familiyasini politsiya hisoboti va gazetalarning jinoyatchilik xronikalarida tez-tez uchratish mumkin.

2. Shovinizm (milliy takabburlik) – bu soʻz Napoleon armiyasida xizmat qilgan askar Nikolya Shoven familiyasidan kelib chiqqan. U oʻzining Napoleonga sodiqligi va Frantsiyaga sadoqatini balandparvoz gaplar va otashin nutqlarida ifoda etganligi bilan tarixda qolgan

3. Saksofon – Adolf Saks oʻzi ixitro qilgan musiqa asbobini «mundshtuch ofikleid»i deb atagan. Bu asbob ixtirochisining doʻsti kompozitor Gektor Berlioz uning faoliyatiga bagʻishlangan maqolasida yangi musiqa asbobini “Saksofon” deb ataydi va shu ondayoq bu soʻz ommalashib ketadi.

4. Sendvich – Djon Montegyu IV graf Sendvich dunyo boʻylab Jeyms Kukning sayohatini tashkil etish bilan shugʻullangan. U vaqt tigʻizligi bois juda oddiy yemish tayyorlagan va keyinchalik bu ovqat uning familiyasidan kelib chiqib “sendvich” deb atala boshlangan.

5. Boykot – biror bir davlat, tashkilot va shaxs bilan siyosiy hamda iqtisodiy aloqalarni butunlay yoki qisman toʻxtatish yoʻli bilan kurashish boykot deyiladi. Bu usul insoniyat tarixida ilk bor 1880 yil irland ijarachilar tomonidan ularning xoʻjayini, angliyalik Boykot familiyali kimsaga qarshi qoʻllanilgan. Mazkur ibora xuddi shu odamning familiyasidan kelib chiqqan.

6. Jakuzi – italiyalik Kandido Yakutstsi (Jacuzzi) jakuzini ixtiro qilgan. Jakuzi soʻzi Yakutstsi familiyasini amerikaliklar Jakuzi deb notoʻgʻri talaffuzidan kelib chiqgan.

7. Olive – mashhur salat retseptini yaratgan oshpaz Lyusen Olive familiyasidan kelib chiqqan.

8. Befstroganov – frantsuz oshpazi graf Aleksandr Grigorevicha Stroganov bu ovqatni oʻylab topgan. Frantsuzcha “bœuf Stroganoff”, yaʼni “stroganovcha mol goʻshti” maʼnosini anglatadi.

9. Lodir (dangasa) – nemis vrachi Xristian Ivanovich Loder davolash markazi ochadi va mijozlarga uch soat tez yurishni buyuradi. Odamlar bu betartib harakatni koʻrib “dangasalarni yugurtirish” degan gapni oʻylab topishgan.

10. Sharlatan – bu soʻz frantsuz vrachi Sharl Laten familiyasidan kelib chiqqan. U kasallarga tezda sogʻayishni vaʼda berib, bemaʼni operatsiyalarni amalga oshirgan. Bemorlar ahvoli ogʻirlashgandan soʻng pulni olib juftakni rostlagan.

11. Galimatya (safsata) – frantsuz tabibi Gali Matya mijozlarni kulgu bilan davolash uchun turli latifalar aytib, safsata gaplarni koʻp gapirgan.

12. Metsenat – Rimlik boy-badavlat Gay Tsilniy Metsenat (eramizga qadar 74-64 yillar oraligʻi ) rassomlar, haykaltaroshlar va shoirlarni oʻzining mablagʻi hisobidan doimo qoʻllab-quvvatlab kelgan. Goratsiy, Vergiliy, Propertsiy singari shoirlar saxovatpesha inson nomini sheʼrga solib madh etishgan. Keyinchalik fan, sanʼat va adabiyot vakillarini qoʻllab-quvvatlovchi va ularga homiylik qiluvchi boylarni «Metsenat» deb atash urf boʻlgan.

13. Mansarda – arxitektor Fransua Mansar birinchi boʻlib tom osti chordogʻini yashash va xoʻjalik buyumlarni saqlash uchun ishlatishda foydalangan.

Jaloliddin SAFOYEV.