Mashhur frantsuz aktyori Pol Mune ishtirokidagi teatr truppasi gastrollarga borganda mayda rollar uchun aktyorlarni olib borishmasdi. Bunaqa rollar uchun ijrochilarni mahalliy havaskorlar orasidan topishardi.
Shunday havaskorlardan biriga xizmatkorning «Monsenor, soqov keldi» degan yagona luqmasini ijro etish topshiriladi.
Poytaxtdagi mashhur artistlar bilan bir spektaklda rol oʻynayotganidan hayajonlangan havaskor sahnadagi ijrosini yanada choʻzish uchun oʻzidan ham andak qoʻshib shunday deydi: «Monsenor, soqov keldi... va u siz bilan gaplashmoqchi».
Unga xatosini tuzatish uchun imkoniyat yaratish maqsadida Mune shunday deydi:
– Uning soqov ekanligiga ishonchingiz komilmi?
– Harqalay, oʻzi shunaqa deyapti!– havaskor battar qovun tushiradi.
