(24 yanvardan 30 yanvargacha)

Qoʻy. Bu hafta ish joyingizda zimmangizga yangi majburiyatlar yuklanishi mumkin. Ularning muvaffaqiyatli bajarilishi esa kelajakda sizga yuqori lavozimlardan birini vaʼda qiladi. Demak, moliyaviy ahvolingiz ham oʻsib borishiga umid bogʻlasangiz boʻladi. Bu yoʻlda oʻqish, oʻrganish, oʻz ustida ishlash ziyon qilmaydi.

Buzoq. Bu davrda sizni quvonchli va yoqimli oʻzgarishlar kutmoqda. Bunga chindan ham loyiqsiz, shuning uchun bu holatning kutilmaganda yuz berishi sizni aslo xavotirga solmasin. Oila aʼzolaringiz bilan oʻzaro munosabat bobida hafta soʻngida keskin burilishlar kuzatilishi mumkin. Bu borada ogʻirroq boʻlib, aql bilan harakat qiling. 

Egizaklar. Hafta boshida oʻzgalarning janjallarini bartaraf etishga bel bogʻlaysiz. Bu faqat yaxshilikka xizmat qiladi, asosiysi, oʻzingizga ishonch bilan harakat qiling. Jamoat transportida yoki shaxsiy avtomobilda ketayotib, yoʻllarda ehtiyotkor boʻling. Favqulodda jarohat olishingiz yoki boshqa bir koʻngilsizlikka duch kelishingiz mumkin.

Qisqichbaqa. Bu hafta siz uchun qiziqarli va yoqimli damlarga boy boʻladi. Bu holatni hatto koʻchadagi yomon ob-havo ham buza olmaydi. Shu kunlarda janjalli vaziyatlar, quyuq ziyofat, spirtli ichimlik isteʼmoli va yengil fikrlash faqat ziyon keltirishi mumkin. Shu boisdan ulardan voz kechishingizga toʻgʻri keladi.

Arslon. Bu hafta martabangiz oshishiga toʻsqinlik qilayotgan barcha muammolarni birma-bir yoʻq qilish uchun qulay davr. Moliyaviy operatsiyalar, yirik xaridlar va shaxsiy ish bilan yaqin manzilga safar qilish omadli kechishi kutilmoqda. Ertangi kun uchun ham jismoniy, ham ruhiy quvvatni saqlab qolishga urining.

Parizod. Bajara olishga ishonchingiz komil boʻlmagan ishlarga kirishmang. Saʼy-harakatlar zoye ketmasligini istasangiz, barcha vazifalarni hamkasblar bilan birgalikda amalga oshiring. Mablagʻ sarflashda ehtiyotkor boʻling, ularning baʼzilari omadsiz boʻlishi mumkin. Dam olish kunlarini oila aʼzolaringiz bilan shahar tashqarisida va tabiat qoʻynida oʻtkazing. 

Tarozi. Bu davrda xoh ish, xoh shaxsiy hayotda boʻlsin, chalkashlik va koʻngilsizliklar kuzatilishi mumkin. Qancha harakat qilmang, baribir ularni tartibga sola olmaysiz. Ammo bu moliyaviy muammolarni bartaraf etishga aslo halaqit qilmasligi kerak. Gripp yuqtirib olishingiz xavfi bor, salomatlikni ehtiyot qiling.

Chayon. Hafta davomida ishlaringiz baroridan kelishi kutilmoqda. Bu kayfiyatga ham, uydagi muhitga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi, albatta. Vaqtdan unumli foydalangan holda, yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish uchun imkoniyatingiz bor. Shuningdek, bu hafta xayriya tadbirlari, yangi tanishuvlar hamda ijodiy mukammallikka erishish uchun qulay palla.

Oʻqotar. Bu davrda qanday boʻlmasin, umumiy holatingizni ijobiy tarafga oʻzgartirishingiz lozim. Ayniqsa, ish joyingizda hamkasblarga nisbatan xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlishga toʻgʻri keladi. Roʻzgʻor tashvishlari borasida yaqinlaringiz bilan tortishib qolish ehtimoli yuksak. Lekin bu vaziyatda ogʻirroq boʻlishga, oila aʼzolaringizning koʻnglini ogʻritib qoʻymaslikka harakat qiling.

Togʻ echkisi. Bu hafta olis safarga chiqish hamda sportning ekstremal turlari bilan shugʻullanishdan saqlaning. Ishxonada topshirilgan ishni vaqtida uddalay olmasangiz, rahbarlarning tanqididan jahlingiz chiqmasin, ular bilan tortishmang, bu sizga faqat zarar keltiradi. Har qanday vaziyatda bardoshli boʻling.

Qovgʻa. Bu davrda ish-yumushlaringiz har doimgidan koʻpayadi. Shu boisdan astoydil yeng shimarib ishga kirishishga toʻgʻri keladi. Har bir ishni reja asosida amalga oshiring. Muhabbat bobida omadingiz kelishi muqarrar, lekin oʻz aybingiz bilan bu omadni yoʻqqa chiqarishingiz ham hech gap emas. Buning oldini olish uchun, avvalo, ichki olamingizda tartib oʻrnatish tavsiya etiladi.

Baliq. Kelayotgan hafta siz uchun juda qiziqarli kechishi, kelajakda asqotishi mumkin boʻlgan odamlar bilan tanishuvlar kutilmoqda. Ishxonadagi yumushlarni tartib bilan bajarishga kirishib, hafta qanday oʻtganini ham bilmay qolasiz. Bu davrda salomatlikka jiddiy eʼtibor qarating. Hafta soʻngida oilangiz davrasida vaqt oʻtkazing, dam oling, istirohat qiling.