(19 dekabrdan 25 dekabrgacha)
Qoʻy. Bu hafta jismoniy faollikni kamaytirish, ruhiy bezovtalikni keltirib chiqaradigan va osoyishtalikka halaqit qiladigan hamma narsadan uzoqlashish tavsiya etiladi. Odatiy turmush tarzidagi eng kichik burilishlar va oʻzgarishlar ham sizning kayfiyatingizga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Buzoq. Kelayotgan hafta mablagʻ jamgʻarish uchun yaxshi davr, sarf-harajatlarni hozircha qisman kamaytirib turgan maʼqul. Haftaning ikkinchi yarmida uchrashuv va suhbatlar vaqtini bemalol belgilashingiz mumkin. Ular hayotingizda oʻzgarishlar yuz berishini vaʼda qilmoqda.
Egizaklar. Bu davrda kuch-shijoatga toʻlib, koʻpgina rejalarni roʻyobga chiqarish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Shu kunlarda amalga oshirilgan tavakkalchilik koʻpincha omad keltiradi. Faqat shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymang va ushbu ijobiy holatingizdan aniq maqsadlarda foydalanishga harakat qiling.
Qisqichbaqa. Yangi ish boshlash niyatida boʻlsangiz, yaqinlaringiz bu borada sizni qoʻllab-quvvatlashi va yordam qoʻlini choʻzishini unutmang. Yumushlarning bir qismini ularning yelkasiga ortishdan hijolat boʻlmang. Sizga bu hozir juda zarur. Asosiysi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun yanada faol harakat qiling.
Arslon. Agar oʻtgan hafta oxiriga yetmay qolgan ishlar boʻlsa, darhol ularni hal eting. Bu davrda qarindoshlar oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetishi mumkin. Iloji boricha nizoli holatlardan yiroq turing. Atrofdagilarga yaxshi kayfiyat ulashing, boshiga tashvish tushganlarni qoʻllab-quvvatlang. Oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizga eʼtiborli boʻlishni unutmang.
Parizod. Bu hafta barcha reja va istaklaringiz dastlabki urinishdanoq amalga oshadi. Ushbu inkoniyatdan oqilona foydalanishga harakat qiling. Oʻz xohish-istaklaringizni meʼyorlang, atrofdagilarning manfaati va qiziqishini ham inobatga oling. Shuningdek, bu davrda moliyaviy masalalarda tejamkor boʻlib, kutilmagan xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling.
Tarozi. Siz uchun ushbu haftaning asosiy va muhim voqealari ish joyingizda sodir boʻladi. Birinchi galda, yumushlarning eng ustuvoriga qoʻl urib, belgilangan vazifalarni hafta oxirigacha bajarib tugating. Dam olish kunlari barcha tashvishlarni unutib, miriqib dam olishga harakat qiling.
Chayon. Ushbu hafta davomida vakolatingizga kirmagan masalalarda tashabbus koʻrsatishdan voz keching. Bu tavsiya ham ish faoliyati, ham shaxsiy hayotga tegishli. Imkon qadar bir muddat tashqi kuzatuvchiga aylaning. Hozircha oilaviy muammolar yechimini yanada qulay paytga qoldirgan maʼqul.
Oʻqotar. Ushbu hafta uchun hech narsa rejalashtirmang, chunki rejalar sizga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra tez-tez oʻzgarib turishi mumkin. Dushanba va seshanba kunlari hushyor boʻling. Negaki bu vaqtda kasbiy sohangizga oid qiyinchiliklar yuzaga kelishi va pul yoʻqotishlar kuzatilishi mumkin.
Togʻ echkisi. Ayni dam kasbga oid va moliyaviy sohalarda muvaffaqiyatli ish boshlash uchun qulay davr. Biroq buni amalga oshirish uchun har masalada faqat oʻzingizga tayaning va ishoning. Hafta oʻrtasida hamma ishlar silliq baroridan kela boshlaydi. Dam olish kunlari rejalashtirilmagan harajatlar boʻlishi mumkin.
Qovgʻa. Bu davrda yaqin kishingizdan kutilmagan sovgʻa yoki xushxabar olasiz. Bundan tashqari, tashabbuskorlik va ishdagi faollik ortidan barcha moliyaviy masalalarni omadli hal qilishingiz mumkin. Siz uchun seshanba eng samarali kun boʻlib, foydali va istiqbolli ishlarga qoʻl urasiz.
Baliq. Bu hafta imkon qadar katta ish rejalarini tuzmang. Yaqinlar va doʻstlar bilan munosabatda tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, ular bilan ziddiyatga bormang va orada xavfsiz masofani saqlang. Yaxshisi bu paytda oʻzingizga, jismoniy va ruhiy salomatligingizga eʼtiborli boʻlganingiz maʼqul.
