(26 dekabrdan 1yanvargacha)

Qoʻy. Bu hafta ulkan ish rejalarini tuzishga oshiqmang, kutilmagan xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling. Negaki bu haftada kasbiy sohangizga oid qiyinchiliklar yuzaga kelishi, pul yoʻqotishlar kuzatilishi mumkin. Imkon qadar atrofdagilar bilan ziddiyatli munosabatlarga bormang. Dam olish kunlarini sevimli va qadrli insonlar davrasida oʻtkazing.

Buzoq. Ish joyingizda muvaffaqiyatlar va oilada yoqimli tashvishlar kutmoqda. Payshanba yangi imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar tuhfa etadi. Haftaning ikkinchi yarmida salomatligingizga jiddiy eʼtibor qarating. Yakshanba kuni hech qanday ishni rejalashtirmay, maroqli hordiq oling.

Egizaklar. Jamoatchilik ishlarini shaxsiy hayotingiz bilan birga olib borishga harakat qiling. Davr bilan hamnafas boʻlib, mavjud bilimlarni yangilari bilan uygʻunlashtiring. Xizmatdoshlar uchun umumiy manfaatlarni koʻzlovchi insonga aylaning. Jizzakilik va taʼsirchanlikni unuting, faqat shundagina muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.

Qisqichbaqa. Dushanba va seshanba kunlari hushyor boʻling. Chunki bu vaqtda kasbiy sohangizga oid qiyinchiliklar yuzaga kelishi, pul yoʻqotishlar kuzatilishi mumkin. Hafta davomida ziddiyatlarning oldini olishga harakat qiling. Yon-atrofdagilar bilan xushmuomala boʻlib, ular bilan aslo bahslashmang.

Arslon. Tashabbuskorlik va ishdagi faollik ortidan barcha moliyaviy masalalarni omadli hal qilishingiz mumkin. Xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun hafta boshida bajarilgan ishlarni yana bir bor koʻzdan kechiring. Dam olish kunlarini imkon qadar oila davrasida oʻtkazing. 

Parizod. Bu hafta sizga omad kulib boqadi. Anchadan beri oʻz yechimini topa olmayotgan muhim masala aynan shu kunlarda hal boʻlishi mumkin. Rejalashtirilgan barcha yumushlar koʻngildagidek amalga oshadi. Buning uchun sizda imkoniyat ham, kuch-quvvat ham yetarli. Moliyaviy jihatdan ham muvaffaqiyat siz tomonda boʻladi.

Tarozi. Sizdan kasbiy soha va biznesda oʻz ustida ishlash talab etiladi. Zoʻr gʻayrat va ishtiyoq bilan mehnat qilib, haq qozoning, ijodiy gʻoyalarni hayotga tatbiq eting. Uy-roʻzgʻor ishlarini keyinga qoldirmang. Nima bilan shugʻullansangiz ham har qanday olingan natijadan quvonishga harakat qiling.

Chayon. Ushbu kunlarda amalga oshirilgan tavakkalchilik koʻpincha omad keltiradi. Faqat shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymang. Bu hafta mojarolar, kelishmovchiliklar va bahs boylashlardan yiroq turing. Dam olish kunlari oila aʼzolaringiz bilan tabiat havosida sayr qiling.

Oʻqotar. Ish joyingizda kutilmagan va asosiy oʻzgarishlar yuz beradi. Ushbu kunlarda kayfiyatingiz ham koʻtarinki boʻlib, qoʻl urgan ishlaringiz baroridan keladi. Lekin salomatlikka jiddiy eʼtibor qaratishni ham unutmang. Jismonan ogʻir vazifalardan chetlashib, taʼbni xira qiluvchi va koʻngilni ogʻrituvchi barcha holatlardan uzoqlashing.

Togʻ echkisi. Bu davrda faqat oʻzingiz uchun maqbul va yoqimli boʻlgan ishlar bilan shugʻullanib, qolganini keyingi hafta rejasiga kiriting. Faoliyat yuritayotgan joyingizda ish yuklamasini orttirishlari mumkin. Kasbiy majburiyatlaringizdan tashqari boʻlgan ishlar siz uchun ortiqcha ekanini atrofdagilarga his ettiring. Oʻz fikringizni bildirishdan choʻchimang.  

Qovgʻa. Siz umid bogʻlagan hayotdagi oʻzgarishlarni ortga surib turgan maʼqul, chunki bu davr oʻzgarishlar uchun unchalik mos emas. Ish joyingizda hamkasblar bilan tushunmovchiliklar kuzatilishi mumkin. Nizo va kelishmovchilikni uzoqqa choʻzmaslikka harakat qiling, aks holda keyinchalik oʻzaro munosabatlarni tiklash qiyin kechadi.

Baliq. Bu hafta kasb-hunar va moliyaviy jabhada sizga omad kulib boqadi. Biroq har bir ishda boshqaruvni oʻz qoʻlingizga olib, kuchli ishonch va qatʼiyat bilan harakat qiling. Bu davrda his-hayajonga berilmay, imkon boricha bosiqlik bilan ish yuritish lozim. Shanba va yakshanba kunlarini toza havoda sayr qilib yoki faol harakatda oʻtkazing.