(3 apreldan 9 aprelgacha)
Qoʻy. Bu davrdagi har qanday yangi tanishuvlar foyda va omad olib keladi. Atrofdagilar bilan koʻproq munosabatda boʻlishga harakat qiling, faqat shu yoʻl bilan bu haftada kuzatilishi mumkin boʻlgan koʻngil gʻashligidan qutulish imkoniga ega boʻlasiz. Agar uy uchun biron narsa xarid qilish niyatida boʻlsangiz, yaxshisi bu ishni haftaning soʻnggi kunlarida amalga oshirgan maʼqul.
Buzoq. Siz uchun ham ruhan, ham jismonan yengillashish vaqti yetdi. Sokinlikda yoki tabiat qoʻynida koʻproq dam olishga eʼtibor qarating. Biroq hordiq uchun ortiqcha sarf-harajatga berilib ketmang, chunki bu davrda moliyaviy jihatdan biroz qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Hafta davomida ziddiyatlarning oldini olishga, yon-atrofdagilar bilan xushmuomala boʻlib, ular bilan aslo bahslashmaslikka harakat qiling.
Egizaklar. Bu hafta uchun mushkul vazifalarni rejalashtirmang, aks holda baʼzi sabablar tufayli ularni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga toʻgʻri keladi. Sizni biroz notinch va tashvishli kunlar kutmoqda. Bu davrda ikkilanish, jurʼatsizlik va shubha har jihatdan sizga halaqit qiladi.
Qisqichbaqa. Har qanday ishda toʻgʻanoq va toʻsiqlarga uchrashingiz mumkin. Kutilmagan natijalarga tayyor turing va zarurat tugʻilganda yordam soʻrashdan chekinmang. Atrofdagilarga nisbatan va yangi doʻst tanlashda ehtiyotkor boʻling. Boʻsh vaqtingizni sevimli va qadrli insonlar davrasida oʻtkazishga harakat qiling.
Arslon. Koʻpdan beri orziqib kutilgan imkoniyatni qoʻldan boy bermaslik uchun diqqatli va sergak boʻling. Chigal va hal etib boʻlmaydigan masalalar hech bir qiyinchiliksiz oʻz yechimini topadi. Bu davrda moliyaviy jabhada tejamkor boʻlib, ortiqcha xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling. Ishdan boʻsh vaqtni imkon qadar koʻproq sayr qilib, toza havodan nafas olishga bagʻishlang.
Parizod. Dastlabki uch kun biroz ogʻir kechadi. Oʻzaro tushunmovchilik va murosaga kelmaslik atrofdagilar bilan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Katta ahamiyatga ega boʻlgan jiddiy loyihalarga hozircha qoʻl urmaganingiz maʼqul. Mablagʻ sarflashda ehtiyotkor boʻling, ularning baʼzilari omadsiz boʻlishi mumkin.
Tarozi. Bu davrda faqat oʻzingiz uchun maqbul va yoqimli boʻlgan ishlar bilan shugʻullanib, qolganini keyingi hafta rejasiga kiriting. Faoliyat yuritayotgan joyingizda ish yuklamasini orttirishlari mumkin. Kasbiy majburiyatlaringizdan tashqari boʻlgan ishlar siz uchun ortiqcha ekanini atrofdagilarga his ettiring. Oʻz fikringizni bildirishdan choʻchimang.
Chayon. Bu davr siz uchun oʻta omadli boʻlib, keskin oʻzgarishlar va kutilmagan voqealarga boy boʻladi. Rejalashtirilgan barcha yumushlar va koʻzlangan maqsadlar koʻngildagidek amalga oshadi. Buning uchun yanada faol harakat qilishingizga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, chorshanba eng samarali kun boʻlib, foydali va istiqbolli ishlarga qoʻl urasiz.
Oʻqotar. Hafta davomida ziddiyatlarning oldini olishga harakat qiling. Yon-atrofdagilar bilan xushmuomala boʻlib, ular bilan aslo bahslashmang. Ulkan ish rejalarini tuzishga oshiqmang, kutilmagan xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling, negaki bu haftada kasbiy sohangizga oid qiyinchiliklar yuzaga kelishi, pul yoʻqotishlar kuzatilishi mumkin.
Togʻ echkisi. Bu vaqtda moliyaviy masalalarda tejamkor boʻlib, kutilmagan xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling. Anchadan beri umid bogʻlagan va roʻyobini kutgan niyatingiz amalga oshadi. Rejadagi barcha ishlar oson va yengil hal boʻlib, hamkasblar bilan oʻzaro munosabatlar mustahkamlanadi. Dam olish kunlari oila aʼzolaringiz bilan tabiat havosida sayr qiling.
Qovgʻa. Moliyaviy mablagʻ sarflarini yaqinlaringiz bilan maslahat qilgan holda amalga oshiring. Lekin shaxsiy hayotga bogʻliq qarorlarni mustaqil qabul qilishga harakat qiling. Sokinlik va hotirjamlik zaruratini tuysangiz bu hafta vaqtincha ishni va oilaviy tashvishlarni bir chetga surib, oʻz qiziqish va sevimli mashgʻulotlaringiz uchun vaqt ajrating.
Baliq. Ichki sezish qobiliyatingizga quloq tuting, u aslo pand bermaydi. Bu hafta siz uchun yoqimli lahzalarga boy boʻladi. Yaqinlaringizdan safar taklifi yoki kutilmagan sovgʻa olishingiz mumkin. Ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik bilan javob qaytaring. Dam olish kunlarini salomatlikni mustahkamlashga, tashqi koʻrinishni yaxshilashga va miriqib hordiq chiqarishga bagʻishlang.
