(8 noyabrdan 14 noyabrgacha)

Qoʻy. Hafta boshida kutilgan natijalar oʻzini oqlamaydi, lekin chorshanbadan keyin ham shaxsiy hayotda, ham ishda ijobiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Buning uchun fidoyilik va faollik namoyon etish, masʼuliyatni zimmaga olishdan choʻchimaslik lozim. Kelayotgan haftada oilaviy masalalarni hal etish uchun yaxshi imkoniyat tugʻiladi, buning uchun sizdan alohida kuzatuvchanlik talab etiladi.

Buzoq. Bu davr, umuman olganda, omadli kechadi. Ish odamlarini qiziqarli taklif, yollanma ishchilarni yaxshi mukofotli yangi loyiha kutmoqda, ijodiy shaxslar va erkin faoliyat yurituvchilar esa doimiy ishga ega boʻlishadi. Dam olish kunlari sizni yoqimli sovgʻa va yaqinlar bilan uchrashuv kutmoqda. 

Egizaklar. Hafta oʻrtalarida uzoq kutilgan qarzingizni qaytarishadi yoki koʻp maoshli ishga taklif olasiz. Juma kunidan keyin ish joyida tushunmovchiliklar, moliyaviy qiyinchiliklar va oilada muammolar kuzatilishi mumkin. Bunga siz tomondan masʼuliyatning sustlashishi va intizomga amal qilmaslik sabab boʻladi.   

Qisqichbaqa. Kelayotgan hafta omadsizlik bilan boshlanadi. Biroq aslo tushkunlikka tushmang va asabiylashmang, chunki hafta oʻrtalarida vaziyat barqarorlashib, koʻnglingiz ancha taskin topadi. Dam olish kunlari miriqib hordiq olishga eʼtibor qarating. Shanba va yakshanba kunlari oila aʼzolaringiz bilan tabiat qoʻyniga sayrga chiqish yoki birgalikda mehmonga borish uchun maqbuldir.

Arslon. Sizni ish va tashvishlarga boy hafta kutmoqda. Hafta oʻrtasida kuzatilgan pul tushumi koʻpgina muammolarni hal etishga xizmat qiladi. Oila aʼzolari bilan biroz tortishib qolishingiz mumkin. Kuch-quvvatingizni foydali ishga yoʻnaltirishni uddalay olmasangiz, bundan aslo achchiqlanmang, yaxshisi sport bilan shugʻullaning yoki hafta soʻngida dam olishni kanda qilmang.    

Parizod. Haftaning ilk kunlari deyarli har jabhada sizga omad kulib boqadi. Bu vaqt ichida yaxshigina daromadga ega boʻlishingiz, yaqin doʻstingiz kutilmagan amali bilan sizni quvontirishi mumkin.                                         

Tarozi. Dushanba va seshanba kunlari qiyinchiliklarga shay turing. Ish joyida muammolar kuzatilishi mumkin. Hafta oʻrtalarida istiqbolli tanishuv va biron tadbirga taklif koʻrinishida yoqimli sovgʻa kutmoqda. Dam olish kunlari qisqa muddatga boʻlsa ham tabiat qoʻyniga sayrga chiqing.  

Chayon. Hafta omadli kechadi. Siz kerak vaqtda kerakli joyda boʻlasiz, foydali tanishuvlar esa kelgusi hayotingizda asqatishi tayin. Oʻz fikringizni bildirishdan yoki biron harakat qilishdan choʻchimang. Har bir ishga oʻzingizga kuchli ishonch bilan kirishing. Dam olish kunlarini doʻstlar va yaqinlar davrasida oʻtkazing.  

Oʻqotar. Dushanba kuni istiqbolli taklif olishingiz, seshanbada esa eski tanishingiz bilan kutilmagan uchrashuv kuzatilishi mumkin. Hafta oʻrtalarida biron bir moliyaviy oʻyinda ishtirok etishni taklif qilganlarga ishonch bildirmang. 

Togʻ echkisi. Kelayotgan haftada barcha yoʻnalishlarda muvaffaqiyat qozonasiz. Siz oʻz kuchingizga ishonasiz va buni atrofdagilar ham koʻrishni boshlaydi. Haftaning ikkinchi yarmida taqdiringizni oʻzgartirishga qodir qaror olishingiz mumkin. Imkon qadar oʻzligingizni asrashga, boshqalarning maslahati bilan ish tutmaslikka harakat qiling.  

Qovgʻa. Kirishimli va faol shaxs sifatida hayotingizga foydali va qiziqarli insonlarni jalb qilasiz. Bu hafta sizni yangi hodisalar va oʻzgarishlar kutmoqda. Bu davrda oʻzingizni yaxshi his qilasiz, salomatlik bilan bogʻliq muammolar kuzatilmaydi. Dam olish kunlari yangi tanishlardan mehmondorchilikka taklif olishingiz mumkin.

Baliq. Xizmat joyida barcha ishlar barqaror kechadi, moliyaviy muammolar ancha vaqtgacha bezovta qilmaydi. Hayotini oʻzgartirishni anchadan beri orzu qilayotganlarni yoqimli yangiliklar kutmoqda. Bunga erishish uchun esa xato qilishdan choʻchimaslik, oʻziga boʻlgan ishonchni orttirish lozim.