(15 noyabrdan 21 noyabrgacha)
Qoʻy. Bu davrda sizni bir qancha ijobiy oʻzgarishlar kutmoqda, buning uchun shunchaki atrofingizdagi insonlarga eʼtiborli va mehrli boʻlishingiz kifoya. Hafta boshida tashvish va yumushlar koʻpayadi, lekin hammasini osonlikcha hal qilishga erishasiz. Eski va unutilgan qarzingiz qaytarilishi, ish joyida lavozim koʻtarilishi ehtimoli yuksak.
Buzoq. Koʻngil hotirjamligi va sokinlikdan, sevimli ishingizdan va yoqimli insonlar bilan muloqotdan bahra oling. Haftaning ikkinchi yarmi istiqbolli rejalar uchun samarali davr, uni qoʻldan boy bermaslikka harakat qiling. Dam olish kunlari yaqinlaringizni va keksalarni ziyorat qilishni kanda qilmang.
Egizaklar. Dushanba va seshanba kunlari yangi-yangi gʻoyalar tugʻiladi: asosiysi, xatarli va qaltis ishlarga aralashib qolmang, buning uchun dono va oqil kishilarning maslahati bilan ish yuriting. Ish joyingizda hammasi oʻz oʻrnida davom etadi. Hafta soʻngida siz yoqtirgan kishining nogahoniy tashrifi kutilmoqda.
Qisqichbaqa. Ilk davrda oʻz yechimini kutayotgan uy yumushlari girdobiga «gʻarq» boʻlasiz. Yaqinlaringiz bilan munosabatda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Hafta oʻrtalariga borib ishda ham, oilada ham hammasi iziga tushib ketadi. Ayniqsa, ish qidirayotganlarga omad kulib boqadi. Dam olish kunlari doʻstlar bilan uchrashing yoki biron tadbirga borib, vaqtingizni xushnud oʻtkazishga harakat qiling.
Arslon. Sizni har jabhada mazmunga boy davr kutmoqda. Dushanba va seshanba kunlari ish faoliyati samarali kechadi. Biznes yoʻnalishida foydali shartnoma imzolash uchun yaxshi imkoniyat tugʻiladi. Haftaning ikkinchi yarmida daromadlaringizni oshirishga xizmat qiluvchi taklif olishingiz kutilmoqda. Biroq shaxsiy hayotda baʼzi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Parizod. Bu davrda moliyaviy ahvolni yaxshilab olish uchun qoʻshimcha ish qilish talab etiladi. Izlanish harakatlarini haftaning oʻrtalarida amalga oshirgan maʼqul. Chorshanba kuni omad kulib boqishi mumkin. Dam olish kunlari yaxshi hordiq chiqaring, toza havoda koʻproq sayr qiling.
Tarozi. Hafta boshi omadli keladi. Bunda sizdan faol va sergʻayrat boʻlish talab etiladi. Ushbu davr oʻrtalarida meʼyoridan ortiq tashabbus bildirish tavsiya etilmaydi, negaki hamma ishlar shundoq ham oʻz yoʻlida ketadi. Asosiysi, har narsaga nekbinlik ruhi bilan qarab, hayotdan zavq olishni unutmang. Dam olish kunlari yaqinlaringiz davrasida sermazmun oʻtadi.
Chayon. Kelayotgan hafta atrofdagi odamlar orasidagi obroʻ va nufuzingizni oshirish, ijodkorlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun maqbul davrdir. Avvalo, tashqi koʻrinish va salomatlikka jiddiy eʼtibor qarating. Jismonan ogʻir vazifalardan chetlashib, taʼbni xira qiluvchi va koʻngilni ogʻrituvchi barcha holatlardan imkon qadar uzoqlashing.
Oʻqotar. Hafta boshi ogʻir va muammoli kechadi. Bu kunlarda beparvolik tufayli xatoga yoʻl qoʻyishingiz, atrofdagilar bilan ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishi, ish samaradorligi pasayishi mumkin. Har qanday janjal va tortishuvlardan uzoq turib, hech kim bilan nizoga bormaslikka harakat qiling. Haftaning soʻng kunlarini oilangizga bagʻishlab, sokinlikda oʻtkazing.
Togʻ echkisi. Hayotingizda oʻsish, rivojlanish, oʻz ustida ishlash va yangi ishlar boshlash uchun qulay davr keldi. Ushbu hafta hayotiy muhim masalalar, jumladan oila, salomatlik, farzandlar va ish faoliyati bilan bogʻliq kelgusi harakat va rejalar uchun hal qiluvchi palladir. Biroq har qanday koʻchib oʻtish va safar parvozlarini amalga oshirish tavsiya etilmaydi.
Qovgʻa. Bu hafta siz uchun omadli keladi. Bundan unumli foydalangan holda ish joyida va oila orasidagi munosabatlarni yaxshilash va mustahkamlashga harakat qiling. Yaqinlaringizga koʻproq mehr koʻrsating, farzandlar tarbiyasiga, ularning hayotida yuzaga kelgan muammolarga eʼtiborli boʻling. Oʻz tashabbusingiz bilan koʻngilsizliklarni oqilona bartaraf etishga harakat qiling.
Baliq. Dastlabki uch kun biroz ogʻir kechadi. Oʻzaro tushunmovchilik va murosaga kelmaslik atrofdagilar bilan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida kayfiyatingiz koʻtarilib, qoʻl urgan ishlaringiz oson va yengil hal boʻla boshlaydi. Dam olish kunlarini oilangiz davrasida oʻtkazing.
