Bir kuni Napoleon Fransiya flotini bugʻ bilan harakatlanuvchi kemalar bilan jihozlashni taklif qilgan ixtirochi Robert Fultonni qabul qilibdi.
– Bu harbiy kemalar bilan siz Angliyani yakson qilasiz, – dedi ixtirochi.
Uni tinglagach, Napoleon dedi:
– Har kuni menga bir-biridan ahmoqona loyihalarni olib kelishadi. Kecha ingliz sohiliga mitti delfinlarga oʻrnatilgan kavaleriya yordamida hujum qilishni taklif qilishgandi. Keting! Siz ham, afsuski, oʻsha aqldan ozganlardan birisiz!
Bir necha yildan keyin kema taxtdan ajralgan imperatorni Muqaddas Yelena oroliga olib ketardi. Dengizda ularga bugʻ bilan harakatlanuvchi «Fulton» paroxodi duch keldi. U katta tezlikda asta harakatlanayotgan kemani quvib oʻtdi. Amerika paroxodini oʻz koʻzlari bilan koʻrgach, Napoleon afsus bilan shunday dedi: – Ixtirochi Fultonni haydab yuborib, men oʻz tojimdan ayrildim.
