Afgʻoniston. Ushbu davlat nomini eshitgan har bir inson kӯz oldida beixtiyor uzoq yillarga chӯzilgan urushlar, uning oqibatida vayron bӯlgan qishloq va shaharlar, tartibsizlik, och-nahorlikdan qiynalayotgan aholi namoyon bӯladi. Darhaqiqat, bir paytlari tinch yashab kelayotgan yurt katta siyosiy ӯyinlar tufayli 1979 yildan boshlab urush maydoniga aylandi.

Oʻsha paytlardagi siyosiy qutblardan birining markazi bӯlgan Sovet Ittifoqi jafokash afgʻon xalqiga yordam shiori bilan mamlakatdagi ӯziga yaqin bӯlgan partiya tuzumini saqlab qolish maqsadida cheklangan kontingentdagi harbiy qӯshin kiritgandi. Ularning aksariyatini Markaziy Osiyolik bӯlgan yigitlar tashkil qilardi.

Urush talofatsiz bӯlmaganidek deyarli ӯn yil davom etgan ushbu harbiy harakatlarda koʻplab kishilar qurbon bӯldi. Bundan tashqari, urush nafaqat Afgʻoniston, balki, sobiq Ittifoqining ӯziga ham siyosiy, iqtisodiy tomondan ziyon keltirib ulgurgandi. Shu boisdan Ittifoq askarining eng oxirgi bӯlinmalari 1989 yil 15 fevralda Afgʻoniston hududini tark etdi. Ushbu voqeaga 35 yil toʻldi.

Maʼlumotlarga kӯra, Afgʻoniston hududidagi xalqaro terrorizm tӯdalariga qarshi kurashish harbiy harakatlarida Qoraqalpogʻistondan 3 ming 580dan ortiq harbiylar ishtirok etgan boʻlsa, ularning 89 nafari vafot etgan. Har yili 15 fevral sanasida afgʻon urushi ishtirokchilari yigʻilib, vafot etganlar ruhiga hurmat bajo keltirilib, gulchambarlar qӯyish anʼanaga aylangan.

Urushdan qaytgan yigitlar keyinchalik turli sohalarida xizmat qilib jamiyatimizning rivoji uchun munosib hissalarini qӯshishdi. Birgina ichki ishlar sohasini olib qaraydigan bӯlsak, ularning soni 50 dan ortiqdir. Shular qatorida, Qoraqalpogʻiston Respublikasining sobiq Ichki ishlar vaziri, isteʼfodagi general-mayor Janabay Shilmanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iivning sobiq ӯrinbosarlari Batir Kenjayev, Damir Mardanovlar masʼuliyatli vazifalarda xizmat qilishdi.

- Men 1985 yilda harbiy xizmatga chaqirilib, 1986 yilning mart oyiga qadar Shindant, Kandagar shaharlarida harbiy xizmatni ӯtab, serjant unvonida yurtga qaytdim-deydi Ӯzbekiston «VETERAN» jangchi-faxriylar va nogironlari Birlashmasining Qoraqalpogʻiston bӯlimi Kengashining raisi Babur Tadjimov.

Sana munosabati bilan harbiy harakatlarda ishtirok etib, keyinchalik ichki ishlar sohasida xizmat olib borganlardan biri bilan suhbat tashkil etishni maʼqul deb topdik. U isteʼfodagi mayor Rustem Toreev bӯldi.

-1985 yilda harbiy xizmatga chaqirilgach, Moskva viloyatidagi harbiy qismlardan biri bizning chekimizga tushgandi. Bu yerda sapyorlar tayyorlash maktabida ӯqirdik. Shu paytlari zobitlar kelib «ӯz xohishi bilan Afgʻonga borishni istaydiganlar bormi» deb orasida sӯrashardi. Boradiganlar topilardi ham. Yosh, qiziqqon emasmizmi, shunday tashriflardan birida qӯl kӯtargan 7-8 nafar askarlar orasida men ham bor edim. Bizning ism-familiyalarimizni yozib olib, Chirchiq shahriga jӯnatishdi. Bu yerda 2 oy davomida sapyorlik ishini yanada teranroq ӯrgatib, dastlabki xizmatimiz Chirikar shahridagi polkdan boshlandi. Kӯp ӯtmay Bagram provintsiyasidagi 40-armiyaning sapyor bataloniga ӯtkazildim. Bu yerdagi xizmatga bir oy bӯlganida shu hududda yirik harbiy operatsiya ӯtkazilib, batalondagi tajribali, ancha paytdan buyon xizmat qilib kelayotgan sapyor-askarlar jalb etilgandi. Men hali yosh bӯlganim uchun harbiy lagerda qoldirishdi.

Kunning ikkinchi yarmida masxalat kiygan 3 nafar harbiy bizning hududga kelib, komandirimizga ӯzini tanishtirganidan sӯng tezda 1 nafar sapyor juda zarur bӯlayotganini aytdi. Sababi, operatsiya davomida shu atrofga yaqin bӯlgan Gulbaxor nomli yashillik maydonida (harbiylar «zyolyonka» deyishardi) dushman karvonining qurol-yaroq tashiydigan sӯqmogʻi bor ekanligi maʼlum bӯlib, uni minalashtirish topshirigʻi bӯlgan ekan. Mendan boshqa sapyor yӯqligi bois kelganlarning kattasi jangovor holatdagi mina bilan ishlab kӯrgan-kӯrmaganimni sӯrashdi. Ishonchli javob berganimdan sӯng zarur vositalarni olib yӯlga otlandik. Tӯgʻrisini aytish kerak, 2 soatlik yӯlda kӯnglimda sal notinchlik paydo bӯlgani rost. Sababi, «oxota-mina» deb nomlangan ushbu moslamani jangovor holatga keltirilganidan sӯng 7 sekund oraligʻida 25 metrgacha qochib ulgurish zarur, aks holda oyoqning yerga tegib tebranishi oqibatida portlash sodir bӯladi.

Xullas, uni ӯrnatib pastga qayttik. Birozdan topshiriqqa ketgan boshqa safdoshlarim ham qaytib kelishdi. Ertasiga ertalab umumiy yigʻin eʼlon qilindi. Barchamiz hayron bӯlib yigʻildik. Kecha kelgan 3 ta harbiyning biri, kapitan unvonidagi zobit ӯzini Ruslan Aushov deb tanishtirib, bizlar birgalikda ӯrnatgan mina tufayli yirik karvon talofatga uchraganini maʼlum etdi. Kutmagan holda meni ӯrtaga chaqirib, «Mardligi uchun» («Za otvagu») medalini topshirdi. Bu mening olgan birinchi mukofot bӯldi.

«Sapyor bir marta adashadi» deganlaridek mutaxassisligimiz juda ehtiyotkorlik va sezgirlikni talab qilardi. Shu boisdan ikki yillik xizmat davomida bir qancha xatarli va xayajonli daqiqalarni boshimizdan kechirdik. Jami boʻlib 12 ta harbiy operatsiyada ishtirok etdim. Ular orasida eng esda qoladigani 1987 yili Pokiston bilan chegaradosh Alixel provintsiyasidagi armiya miqyosida ӯtkazilgan operatsiya bӯldi. Topshiriqka kӯra, sapyorlar va maxsus kuchlar (spetsnaz)dan tashkil topgan guruh harbiylar ӯtadigan yӯlni minadan tozalashimiz kerak edi. Biz tӯrt kun davomida 4 chaqirimdan ortigʻiroq hududdagi minalarni katta qiyinchilik bilan zararsizlantirdik. Sababi, ularning ayrimlari zanjir usulida bir-biriga ulangan bӯlib, sal notӯgʻri harakat portlashga olib kelardi.

Hech qanday kӯngilsiz voqea, talofatlarsiz orqaga qaytdik. Hamma birinchi ketayotgan sapyorning tekshirib, qadam bosgan joyidan, faqat uning oyoq izidan qadam tashlab kelmoqdamiz. Men uchinchi bӯlib kelayotgandim. Batalon joylashgan hududgacha bir yoki bir yarim chaqirim qoldi. Hattoki, aloqa antennalari aniq kӯrinib boshladi. Bundan guruhdagilar ancha erkinlashib boshlagan kӯrinadi. Sababi, mendan keyin kelayotganlardan birining biz tashlayotgan izdan yurmay, chetga chiqqanini anglagandek bӯldim. Shu boisdan guruh rahbari sifatida qatorga qaytishini aytish uchun orqaga qarayotganim, gumburlagan ovoz eshitilib, atrofga uchib ketayotganimni anglab qoldim. Undan uyogʻi esimda yӯq.

Keyin bilganim mendan sӯnggi kelayotganlardan biri izdan chiqib ketib minaga duch kelibdi, natijada orqamizda kelayotgan 18 kishi shu joyda vafot etgan ekan. Men boshimdan va qӯlimdan ogʻir jarohatlanib, kontuziya oldim. Dastlab harbiy gospital, keyinchalik Jalolobod, Kobul, Toshkent shaharlaridagi gospitalda yotib sogʻligim tiklandi. Undan keyin yana Afgʻonistonga qaytib bordim, tӯrt kunlik operatsiyadagi xizmatimiz uchun menga «Qizil yulduz» ordenini berishdi. 1987 yil oktyabrda esa harbiy burchimiz ӯtab qaytdim. R.Toreyev harbiylikdan sӯng 1988 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Qӯriqlash xizmatida ilk faoliyatini boshlaydi. 1990-1992 yillarda Toshkent shahridagi militsiya ӯrta maktabini tugatib kelganidan soʻng vazirlikning Jinoyat qidiruv bӯlimiga ӯtkaziladi. 1995-2000 yillarda IIV Akademiyasining sirtqi bӯlimini tamomlab, 2001 yil mayor unvonida isteʼfoga chiqqunga qadar ushbu boʻlimda operativ vakil boʻlib xizmat qiladi.

 

Azamat PIRNIYAZOV,

Oʻz muxbirimiz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.