Issikliq tufayli 2050-yilga kelib odamlarning ommaviy imigratsiyasi boshlanadi, deyishmoqda olimlar.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga koʻra, 2050-yilga borib dunyo aholisining uchdan bir qismi hozirda Saxroi Kabirda kuzatilayotgan haroratlarda yashaydi. Shu sababli qulay iqlimi boʻlgan joylarga ommaviy harakatlanish kutilmoqda.

Olimlar Kanada, Sibir va Rossiya Federatsiyasining boshqa qismlari shuningdek, Islandiya va Shimoliy Yevropa mamlakatlari iqlim oʻzgarishidan foyda koʻrishini taxmin qilmoqdalar. 

***

Bolaligida boy bolalar bilan doʻst boʻlganlar balogʻat yoshida muvaffaqiyat qozonishadi.

Garvard olimlari 72 million amerikalikning ijtimoiy-iqtisodiy holatini hisoblash uchun algoritmlardan foydalanganlar.

Maʼlum boʻlishicha, muvaffaqiyatli odamlarning bolaligida boyroq doʻstlari boʻlgan. Shunday qilib, olimlar yoshlikdagi doʻstlar davrasi hayot yoʻlini tanlashda hal qiluvchi rol oʻynashini isbotladilar.

***

Har bir mamlakatning oʻziga xos dahshatli tushlari bor.

Google soʻrovlari tahlili shuni koʻrsatadiki, turli mamlakatlardagi odamlar turlicha dahshatli tushlarni koʻrishadi. Avstraliyaliklar hashoratlar, ilonlar va ob-havo haqida dahshatli tushlar koʻrishadi. Inglizlar esa tajovuzkor asalarilarni. Italiyaliklar ovqat haqidagi tushlardan, vetnamliklar esa oʻzlarining sevgililaridan qoʻrqib uygʻonadilar. Amerikaliklar tushlarida oftalmolog va oyoq barmoqlarini yoʻqotish haqidagi tushlarga duch kelishadi.

***

Yaponiya pasporti dunyodagi eng kuchli pasportdir.U dunyodagi 195 davlatdan 191 ta davlatga vizasiz kirish imkonini beradi.

Internet maʼlumotlari asosida

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA tayyorladi.