Hech oʻylab koʻrganmisiz, nima uchun soat millari chapdan oʻngga qarab aylanadi?

Bu qoida qadimgi Misr tarixi bilan bogʻliq hisoblanadi. Chunki, dastlabki quyosh soatlari ham bundan besh ming yil ilgari aynan shu mamlakatda ixtiro qilingan ekan. Gap shundaki, quyosh oʻz yoʻnalishi boʻylab sharqdan gʻarbga qarab aylanganida, quyosh soati oʻrtasida joylashgan koʻrsatkichning soyasi chapdan oʻngga qarab siljiydi.

Oʻrta asrlarda mexanik tarzda ishlaydigan gumbaz soatlari paydo boʻlganida, muhandislar mazkur “quyosh tartibini” saqlab qolishni afzal bilishadi. Mazkur soatlarda ham faqat bitta koʻrsatkich boʻlib, uning soyasi ham chapdan oʻngga qarab harakatlanardi.

Keyinchalik, bu tartib barcha soatlarga joriy etiladi.

“Postda” muxbiri Azamat PIRNIYAZOV tayyorladi.