Kuni kecha rafiqam shaftoli olish meni uchun doʻkonga joʻnatdi. Ketishim oldidan menga yirik, ezilmagan va eskirmagan mevalar tanlashimni tayinladi.

Doʻkonga kirib, shaftolilarni bir-bir qoʻlimga olib koʻzdan kechira boshladim. Hammasi rangi qochgan, ezilgan va biroz eskirgan. Shunda koʻz qirim bilan narigi qatorda bir erkak ham shaftoli tanlash bilan ovora ekanini payqadim. U tomonda toʻplangan mahsulotlar yirik, yaxshi pishgan va ishtahaochar edi.

Xayolan u nari ketsa, shu uyumdan olishni oʻyladim. Shunchaki, xoʻjakoʻrsinga mevalarni qoʻlimga bir-bir olib koʻrdim, aslida zimdan uni kuzatib, tanlovini tugatishini va uzoqlashishini kutdim. U nodon esa, aksiga olib, kuymalangani-kuymalangan. Taxminan besh daqiqa sabr qilib turdim, u kishimga goh bu shaftoli yoqmaydi, goh unisi. Axiyri, chiday olmadim, jahlim chiqib butun gavdam bilan shartta u tomonga oʻgirildim, oʻngda esa... koʻzgu bor edi.

Rus tilidan Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.