Avstraliyalik olimlarning taʼkidlashicha, insonning yoshi oʻtgan sari vazni ortib borayotgan boʻlsa, unda saraton kasalligining bir necha turlariga chalinish xavfi ham 30-50 foizga oshar ekan. Jumladan, 30 yoshgacha vazni barqaror boʻlib kelgan-u, ammo undan keyin semirishni boshlagan kishilarda keksa yoshigacha bir xil muvozanatni saqlab keluvchilarga nisbatan kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻlishi isbotlangan. 

Semirish tufayli tana ogʻirligining meʼyoridan ortishi 13 turdagi onkologik kasalliklar yuzaga kelishiga omil boʻladi. Shuning uchun tibbiy ekspertlar tana vaznini meʼyorda saqlashni tavsiya etadi.

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.