Jorj Maklorin – 1948 yilda Oklaxoma universitetiga oʻqishga kirgan birinchi qora tanli inson. U mashgʻulotlar vaqtida oq tanli guruhdoshlaridan naridagi burchakda oʻtirishga majbur edi.

Avvaliga sinfdagilar unga gʻalati qarar, ustidan kular, oʻqituvchilar esa eʼtibor qaratishni istamas, goʻyoki u bu yerda yoʻqdek, shunchaki koʻrmaslikka olishar, u bergan savollarga javob qaytarishmasdi.

Biroq, shunga qaramay, Maklorin tirishqoqlik bilan bilim oldi, oʻz ustida ishladi, koʻp oʻqib-oʻrgandi. U oʻz saʼy-harakatlari va zakovati bilan asta-sekin eʼtibor va hurmat qozondi, atrofdagilar unga boshqacha nazar bilan qaray boshlashdi. Guruhdoshlari undan yordam soʻrab kelar, birga dars tayyorlar, oʻqituvchilar esa tirishqoq talabani koʻzlari bilan izlab qolishardi.

Uning nomi bugungi kunga qadar oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi uch talabasidan biri sifatida hurmat bilan tilga olinadi. Hozirda Amerikadagi bir koʻcha oʻz intilishi bilan professor darajasiga koʻtarilgan Jorj Maklorin sharafiga nomlangan.

Odamlar seni qabul qilishlari uchun harakat qilish – ortiqcha vaqt sarfi. Buning oʻrniga shunchaki diqqatni bir joyga sarflab, oʻz qiymatingni oshir va odamlarning oʻzi sen tomon intiladi.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.