2014 yilning sentyabr oyida Parij yaqinida eng yashil maktab oʻz eshiklarini ochdi. Uning devorlari kattaligi va oʻyiqligi bilan farq qiladigan bloklardan qurilgan. Bu usul yoriqlardan oʻsimliklar oʻsib chiqishi va ularda qushchalar yashashi uchun qilingan.

Ushbu noyob loyiha Frantsiyadagi Chartier Dalix meʼmorlik ustaxonasi tomonidan katta shahar manzarasiga tabiat elementlarini kiritish maqsadida ishlab chiqilgan. 12 metrli binoda 18 ta sinf xonasi hamda bolalar va kattalar uchun sport majmuasi oʻrin egallagan. Har bir qavat oʻz yashil maydoniga ega.

Maktabni bu koʻrinishda barpo etishdan asosiy maqsad – bolalarning eʼtiborini atrof-muhitni muhofaza qilishga jalb qilish hamda ularning oʻsimliklar va hayvonot olamiga oid bilimlarini boyitishdan iborat.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.