Buning uchun qahva isteʼmol qilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish kifoya:

* Qahvani imkon qadar shakarsiz iching. Chunki bakteriyalar aynan uni yaxshi koʻradi va shu sababdan tishlarning sargʻayishi yuzaga keladi.

* Bu ichimlikka sut qoʻshib isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir.

* Qahvani maxsus naycha orqali iching, bu uning tishlar bilan kamroq aloqaga kirishishiga yordam beradi.

* Ichimlikni tugatgach, ogʻizni toza iliq suv bilan chayib tashlang.

Qahva yurakni himoya qiladi, metabolizmni yaxshilaydi, ruhiy tushkunlik holatida yordam beradi, saraton hamda qand kasalligi yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi, xotirani mustahkamlaydi. Tarkibida koʻplab antioksidantlar mavjud boʻlgani bois bu ichimlik ogʻiz boʻshligʻidagi yalligʻlanish jarayonlarini bartaraf etadi. Shu bois uni belgilangan meʼyorni oshirmagan holda har kuni ichish mumkin.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.