Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan bir tanish ayol kelib:

—Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.

Xoʻja Nasriddin:

—Tatib koʻring, dedi.

Ayol:

—Men roʻzaman.

Xoʻja nasriddin:

Unday boʻlsa, uyingizga olib borib yeng. Pulini keyin berarsiz.

Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....

—Qanaqa roʻza tutyapsiz?

Ayol:

—Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.

Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.

—Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?

Afandi:

—Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.