Qon quyuqlashishiga asosiy sabab kamharakatlilik, notoʻgʻri ovqatlanishdir. Har bir kishi bir kunda oʻrtacha 30 ml. suv (har 1 kg uchun ) isteʼmol qilishi kerak. Qaynatilmagan, minerallarga boy, ishqoriy muhitga ega boʻlgan, sirt tarangligi yupqa boʻlgan suvgina qonni ishqoriy muhitga aylantirib bera oladi.

Ishqoriy muhitga ega boʻlmagan qonning kislota muhiti oshib ketadi va natijada qon quyuqlashadi.

Suv oʻrniga boshqa turdagi suyuqliklar ichilsa, tanadagi kislota muhiti oshirilgani uchun qonda eritrotsitlar zaryadlari (+) oshib ketadi va ularning bir-biriga yopishqoqligi ortadi.

Jigarda qon quyuqlashib ketishi oldini oladigan faktorlar bor. Jigar yaxshi ishlamasa, qon quyuqlashadi.

Yogʻli ovqatlarni koʻp isteʼmol qilamiz. Ovqat tarkibidagi yogʻ tanaga kirgach, parchalanmasa, qonga oʻtib ketadi va lipidlar yetishmovchiligiga olib keladi, eritrotsitlarning qobigʻidagi membranalar yopishqoqligini kuchaytirib yuboradi. Bu ham qonni quyuqlashtiradi.

Agar siz oʻzingizda qon quyuqligi holatini sezsangiz, albatta, shifokorga murojaat eting. Befarqlik ogʻir oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.