Tongda oynaga qarab qovoqlari osti shishganini koʻrgan kishininig kayfiyati buzilishi tabiiy. Chunki ertalabdan ishga, oʻqishga borib odamlar bilan muloqotda boʻladigan kishi sogʻlom va tetik koʻrinishni xohlaydi. Xoʻsh, qovoqlarlar osti nima sababdan shishadi va undan qanday qutulish mumkin?

Qovoq osti shishiga koʻp hollarda ishdagi charchoq, stress, kam uyqi va koʻp miqdorda tuz isteʼmol qilish sabab boʻladi. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikricha, shunday “xavfli” kasalliklar mavjudki, ular koʻz qovoqlarining shishishi bilan oʻzini ayon qilishi mumkin. Masalan, bu yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining belgisi boʻlishi mumkin. Odatda bu pastki qovoqlarning shishida aks etadi. Odamda buyrak kasalliklari boʻlsa, uning qovoqlaridagi shish sargʻish boʻladi. U ertasi yoki keyingi kunlarda ham ketmaydi. Koʻz qovoqlarining shishishi endokrin tizimdagi muammolar, qalqonsimon bez kasalliklari, shuningdek, koʻz yoshi kanallari kasalliklari alomatidir.

Shifokorlarning tavsiyasiga koʻra, toʻgʻri ovqatlanish, yaxshi dam olish bilan koʻz qovoqlari yalligʻlanishining oldini olish mumkin. Eng asosiysi, kamida 8 soat uxlash, shuningdek, kuniga ikki litr suv ichish kerak.

* Qovoq osti shishishini yoʻqotish uchun moychechak, rozmarin, yalpiz, joʻka barglaridan foydalansa boʻladi. Buning uchun bir stakan qaynok suvga bir qoshiq quritilgan oʻtlar jamlanmasidan solib damlab qoʻyiladi. Sovigach, tayyor damlamadan qovoq ostiga kompress qilinadi.

* 1 qoshiq choy, 1 qoshiq quritilgan moychechak bir stakan qaynagan cuvga damlanadi. Sovugach, damlamaga paxta botirib qovoqlar ustiga qoʻyiladi.

* Bodringni qirgʻichdan oʻtkazib qovogʻingiz qoʻying, ustidan iliq sutga botirilgan paxtani qoʻysangiz yanada samarali boʻladi.