Tabassum bekati


Aeroportda yoʻlovchi: 

– Bir jomadonimni Londonga, ikkinchisini Tokioga yubora olasizmi? 

– Yoʻq, biz bunday xizmatlar koʻrsatilmaydi. 

– Bu juda yaxshi, oʻtgan sayohatimda aynan shunday boʻlgandi-da...

😁😁😁

Uylanayotgan yigit nikoh hujjatiga imzo qoʻyayotsa, qoʻlidagi ruchka yozmay qolibdi. Shunda u asta pichirlab: 

– «Sadaqa baloni qaytaradi» deyishgani rostga oʻxshaydi, – dermish.

😁😁😁

Ikki doʻst uchrashib qolibdi. 

– Salom, ogʻayni. Tinchlikmi, xafa koʻrinasan? 

– Tasavvur qilyapsanmi, bugun xotinim meni «qari eshak» deb haqorat qildi. 

– Xafa boʻlma, doʻstim. Unchalik ham qari emassan.