Xalq bisotidan
Bir kishi donishmandga savol beribdi:
– Menga tushuntirib bera olasizmi, hayotning asl maqsadi nima?
– Tushuntira olmayman, – degan javob yangrabdi.
– U holda, hech boʻlmasa, uning mohiyatini anglata olasizmi?
– Yoʻq.
Hafsalasi pir boʻlgan kishi tashqariga chiqib ketibdi. Shunda xonadagi shogirdlar hayron boʻlishibdi: “Qanaqasiga? Ularning ustozi savolga javob bera olmay, bunday vaziyatga tushib qolishi mumkin emas-ku!” Shu payt keksa donishmand ularni xotirjam qilib, shunday debdi:
– Hayotning mazasini his qilmay turib, uning maqsadi va mohiyatini bilgandan ne naf? Shirinlikni shunchaki yeyish, undan bahra olish kerak, ortiqcha muhokama qilish emas.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
